ALIMKENT

ALIMKENT —Toshkent viloyati Oqqo’rg’on tumanidagi shaharcha (1967 yildan). Tumanning Sharqiy qismida joylashgan. Yaqin temir yo’l bekati kuchlikdan 16 kilometr. Toshkent shahridan 40 kilometr. Aholisi 7123 kishi (1997). Alimkentda «Maftuna» hissadorlik … Read More

ALIMENTAR ISITMA

ALIMENTAR ISITMA — emadigan bolalarga to’g’ri kelmaydigan ovqat berish natijasida gavda temperaturasining ko’tarilishi. Ovqatda oqsil ortiqcha bo’lib, suv kam bo’lsa, masalan, quruq yoki quyuq sut yaxshi suyultirilmay berilsa, sog’lom bola … Read More

ALIMENTAR DISTROFIYA

ALIMENTAR DISTROFIYA (lotincha alimentarius — ovqatga aloqador), shish kasalligi — yolchib ovqatlanmaslik oqibatida ro’y beradigan kasallik. Moddalar almashinuvining jiddiy buzilishi, ozib ketish, darmonsizlik, teri osti yog’ qavati (kletchatkasi)ning shishishi, assit, … Read More

ALIMENT

ALIMENT (lotincha alumentum — qaramog’idagi, boqimidagi) — bir shaxsning boshqa shaxsga majburan yoki ixtiyoriy ravishda to’laydigan nafaqasi. Aliment to’lash majburiyatlari asosan nikoh, qarindoshlik, ota-ona, farzandlik, farzandlikka olish, bolalarni tarbiyaga olish … Read More

ALIMAHSUMOV ORIF

ALIMAHSUMOV ORIF (1927.21.5, Toshkent) — xonanda va sozanda, O’zbekiston xalq artisti (1977). Dastlab buvasi usta Qo’chqordan ommaviy kuy va qo’shiqlarni, xonanda E. Haydarovdan katta ashula, Yu. Rajabiy va F. Sodiqovdan … Read More

ALIMATOV TURG’UN

ALIMATOV TURG’UN (1922.20.1, hozirgi Toshkent viloyati Keles qishlog’i) — sozanda (dutor, tanbur, sato). O’zbekiston xalq artisti (1992). Toshkent pedagogika instituti ishchi fakulteti to’garagida (1937-40) tanbur, g’ijjak (skripka) chalishni o’rgangan. Keyinchalik … Read More

ALIKO’SH

ALIKO’SH — neolit davriga mansub manzilgoh (miloddan avvalgi 8-6-ming yillik). Erondagi Musiyon shahri yaqinida. Amerika ekspeditsiyasi tomonidan 1961 va 1963 yillarda qazishma ishlari olib borilgan. Quyi qatlamlardan paxsa uy qoldiqlari, … Read More

ALIKOR IPAK

ALIKOR IPAK — eski pillakashlikda dukurma pilladan qo’lda tortilgan ipak. U toza pilla ipagidan 5-6 baravar yo’g’on bo’ladi. Undan jujuncha, to’nli shoyi to’qilgan. Pillakashlik mexanizasiyalashgach, dukurmadan ikkinchi navli ipak olinadigan … Read More

ALIKANTE

ALIKANTE — Ispaniyadagi shahar va port, O’rta dengiz sohilidagi kurort. Alikante provintsiyasining ma’muriy markazi. Aholisi 261 ming kishi (1991). Yog’-moy, tamaki, kimyo, metallsozlik, tsement, to’qimachilik sanoati korxonalari bor. Chetga vino … Read More

«AL-IZOH»

«AL-IZOH» — haftalik diniy, adabiy, ilmiy, siyosiy jurnal. Toshkentda «Ulamo» jamiyati tomonidan chop etilgan. Birinchi soni 1917 yil 19 iyunda chiqqan. Mudarris Abdumalikhoji Abdunabi o’g’li muharrirlik qilgan. Maqolalar ko’proq diniy … Read More