ADSORBTSIYALOVCHI VOSITALAR
ADSORBTSIYALOVCHI VOSITALAR — jadal shimib olish xususiyatiga ega bo’lgan dorilar; me’da-ichak yo’lini zaharli moddalar va ortiqcha gazlardan xalos etish maqsadida ishlatiladi (mas, faollashtirilgan ko’mir).

ADSORBTSIYALOVCHI VOSITALAR — jadal shimib olish xususiyatiga ega bo’lgan dorilar; me’da-ichak yo’lini zaharli moddalar va ortiqcha gazlardan xalos etish maqsadida ishlatiladi (mas, faollashtirilgan ko’mir).
ADSORBTSIYA — qattiq yoki suyuq moddalar (adsorbentlar) sirtiga suyuq yoki gaz holidagi modda (adsorbat) larning kontsentrlanishi (yutilishi). Adsorbtsiya adsorbent sirtidagi molekulalararo kuch ta’sirida sodir bo’ladi. Adsorbat molekulalari adsorbent sirtiga yaqinlashib, … Read More
ADSORBENTLAR (lotincha ad — yonida va sorbens — yutuvchi) — tabiatda uchraydigan va sun’iy yo’l bilan tayyorlanadigan, disperelik darajasi yuqori bo’lgan juda katta tashqi (g’ovaksiz) yoki ichki (g’ovakdor) sirtli jismlar. … Read More
ADRIATIKA DENGIZI — O’rta dengizning bir qismi, yarim berk dengiz. Apennin va Bolqon yarim orollari oralig’ida. Janubda Otranto bo’g’ozi orqali Ioniya dengizi biln tutashgan. Maydoni 144 ming kilometr kvadrat. O’rtacha … Read More
ADRIANOPOL SULH SHARTNOMASI — 1828-29 yillardagi Rossiya-Turkiya urushini yakunlagan sulh shartnomasi. Adrianopol (hozirgi Edirne) shahrida imzolangan. 1827 yil 6 iyulda Rossiya, Angliya va Frantsiya davlatlari o’zaro til biriktirib, Turkiyadan Gresiyaga … Read More
ADRIANOPOL — Edirne shahrining grekcha nomi.
ADRES TILI — raqamli hisoblash mashinalarida axborotni qayta o’zgartirish jarayonlarini bayon etish uchun mo’ljallangan rasmiy til.
ADRENOMIMETIK VOSITALAR — adrenoreseptorlarni qo’zg’atuvchi moddalar; noradrenalin va adrenalin mediatorlari kabi ta’sir etadi. Ular qon bosimi tushib ketganda (mezaton), bronxial astmada (izadrin) va boshqa hollarda ishlatiladi.