Yaichko, moyak nima degani
Yaichko, moyak nima degani – erkakning juft tanosil bezi, ko’payish a’zosi hamda odamning ichki sekretsiya bezlaridan biri.

 
                         
                     
                     
                         
                     
                     
                         
                     
                     
                         
                     
                     
                         
                     
                     
                         
                     
                     
                         
                     
                     
                         
                     
                     
                         
                     
                     
                         
                     
                    Yaichko, moyak nima degani – erkakning juft tanosil bezi, ko’payish a’zosi hamda odamning ichki sekretsiya bezlaridan biri.
Yazik, til nima degani – og’iz bo’shlig’ida joylashgan shilliq parda bilan qoplanan mushak a’zo.
Yazva rogovoy obolochki nima degani – muguz pardoning yiringli yarasi.
Yara nima degani – teri yoki shilliq pardoning sust bitadigan nuqsoni.
Yadro kletochnoye, hujayra o’zagi nima degani – ichida irsiy ma’lumotlar yig’indisini saqlaydigan hujayraning eng muhim tarkibiy qismi.
Yashur, oqsim kasalligi nima degani – odamga kasal hayvonlardan o’tadigan, viruslar qo’zg’atadigan o’tkir infeksion kasallik. Isitma, og’iz, burun, til shilliq pardasida, barmoqlar orasida, tirnoq o’rni oldida yarachalar hosil bo’lishi bilan … Read More
Yachmen, govmichcha nima degani – bakterial infeksiya sababli kipriklar tukli xaltachasining yonida joylashgan yog’ bezining o’tkir yallig’lanishi; infeksiyalangan bez qalinlashadi va og’riydi; kiprik tukli xaltachasiga ochiluvchi yo’l bekilib qoladi, bez … Read More
Yatrogeniya (iatrogeniya) nima degani – shifokorning bemorga salbiy ta’sir qilishi (tibbiyot xodimining ehtiyotsizlik bilan gapirgan noo’rin gapi yoki qilig’i bemorga yomon ta’sir qiladi) natijasida bemorning ahvoli yomonlashishi va yatrogen kasallikning … Read More
Yaremniye veni, bo’yinturuq venalar nima degani – bosh va bo’yin a’zolaridan yelka-bosh yoki nomsiz venalar va ustki kovak vena orqali qonni yurakning o’ng bo’lmachasiga olib keladigan venalar.
Yaytsekletka, tuxum hujayra nima degani – ovogenez natijasida tuxumdonda hosil bo’ladigan urg’ochi jinsiy hujayra; dumaloq shaklda bo’ladi va gaploid xromosomalar to’plamini tutadi.