Induksiya nima degani
Induksiya nima degani – fiziologiyada nerv markazlarining qo’zg’aluvchanlik holati o’zgarganda ularning bir-biriga ta’sir o’tkazish hodisasi. Ayrim faktlardan umumiy xulosa chiqarish.
Induksiya nima degani – fiziologiyada nerv markazlarining qo’zg’aluvchanlik holati o’zgarganda ularning bir-biriga ta’sir o’tkazish hodisasi. Ayrim faktlardan umumiy xulosa chiqarish.
Inkapsulyatsiya (inkapsulirovaniye), g’iloflanish nima degani – g’ilofga o’ralish; organizmga tushgan yot moddalarning, mikroblarning, yallig’lanish o’choqlarining biriktiruvchi to’qima (kapsula) bilan qoplanishi.
Inkoordinatsiya, nomuvofiqlik nima degani – koordinatsiyasizlik, harakatlarning uyg’unsizligi, murakkabroq harakatlarda ishtirok qiluvchi ayrim mushaklarning nomutanosibligi.
Inkorporatsiya (inkorporirovaniye), birikmalarni yaxlitlash nima degani – gumogen massaga o’xshash ikki yoki ber necha moddalarni birga qo’shib aralashtirish.
Inkretsiya (vnutrennaya sekretsiya), ichki sekretsiya nima degani – ichki sekretsiya bezlari faoliyatidan hosil bo’lgan secretor mahsulotlarning qonga yoki limfaga bevosita chiqishi.
Inkubatsionniy period, yashirin davr nima degani – organizmga infeksiya tushgan vaqtdan kasallikning klinik alomatlari yuzaga chiqquncha o’tgan vaqt.
Insufflatsiya nima degani – maydalangan tolqonsimon dori moddalarni kukun purkagich (insufflyator) yordami bilan organizmga yuborish usuli (quloq ichiga, yuqori nafas yo’llariga, ochiq yaralarga va bo’shliqlarga).
Intellekt nima degani – insonning aqliy qobiliyati; hayotni atrof-muhitni ongda aynan aks ettirish va o’zgartirish, fikrlash, o’qish-o’rganish, dunyoni bilish va ijtimoiy tajribani qabul qilish qobiliyati; turli masalalarni hal qilish, bir … Read More
Interoretseptor(i) (interoretseptori), ichki a’zolardagi retseptorlar nima degani – har xil ichki a’zolarda (yurak, qon va limfatik tomirlarda, nafas olish apparati, ovqat hazm qilish yo’lida va hokazo) joylashgan retseptorlarning katta guruhi.
Internatura nima degani – yirik davolash-profilaktika massasalar bazasida tibbiyot institutlarinign davolash, pediatriya va stomatologiya fakultetlarini bitiruvchi shifokorlarning asosiy klinik fanlardan biri bo’yicha bir yillik birlamchi ixtisoslashuvi.