ANJOMA

ANJOMA (forscha — temir libos) — ot-ulov abzallaridagi metalli qismlarning umumiy nomi (ayil, no’xta, uzangi, yugan, o’mildiriq, quyushqon kabilar). Yupqa temir tunukadan qirqib yasaladi. Ko’pincha Anjoma yuziga kumush yoki oltin … Read More

ANJOM

ANJOM (forscha — oxir, yakun) — 1) uy-ro’zg’or, mehnat faoliyatiga mansub buyum, narsa; 2) qurol-yarog’larni va jangchining o’z buyumlarini olib yurishi uchun ishlatiladigan moslamalari (kamar, sumka va hokazolar); shu qurol-yarog’ … Read More

ANJIR SHAFTOLI

ANJIR SHAFTOLI, yangi anjir shaftoli — xalq selektsiyasida yaratilgan shaftoli navi (R. R. Shreder nomidagi ilmiy tadqiqot institutining Samarqand filialida bu navni chempion navi bilan chatishtirish asosida A. S. Cherevatenko … Read More

ANJIR

ANJIR (Ficus carica L.) — tutdoshlar (anjirgullilar) oilasiga mansub subtropik meva turi. Turkiya, Jazoir, Yevropaning Janubda, AQShda katta maydonlarni egallaydi, Kavkaz, O’rta Osiyo, Qrimda ham yetishtiriladi. Yovvoyi holda O’rta dengiz … Read More

ANJE

ANJE, Anjer — Frantsiyadagi shahar, men va Luara departamentining ma’muriy markazi, Anju tarixiy viloyatining eng katta shahri. Aholisi 141 ming kishi (1990). Men daryosi Luaraga quyiladigan yerdagi pristan. Temir yo’l … Read More

ANJABOR

ANJABOR (Geranium collinum, G. rectum) — yoronguldoshlar oilasining geranlar turkumiga mansub bir-biriga yaqin bir qancha turlardan iborat ko’p yillik o’tlar. Bargi keng to’garak, rombsimon bo’laklarga bo’lingan, guli ko’kishpushti. O’zbekiston tog’larida … Read More

ANEUPLOIDIYA

ANEUPLOIDIYA (Yunoncha an — inkor qo’shimchasi, ey — to’liq, ploos — karra, endos — tur) — irsiy o’zgaruvchanlik; organizmlarda bir yoki bir necha gomologik xromosomalarning ko’payishi yoki kamayishi.

ANETO CHO’QQISI

ANETO CHO’QQISI, Piko-de-Aneto — Pireney tog’lari (Ispaniya) dagi eng baland cho’qqi (3404 metr). Granitdan iborat. Maladet tog’larida joylashgan. Aneto cho’qqisi doimiy qorlar bilan qoplangan. Kichikroq muzliklar ham bor.

ANESTEZIYALOVCHI MODDALAR

ANESTEZIYALOVCHI MODDALAR — sezuv nervi oxirlari (retseptorlari) va tolalari orqali qo’zg’alish o’tishini vaqtincha to’xtatib qo’yadigan dorilar. Ularning eng asosiy farmakologik xossasi har qanday sezuvchanlikni avvalo og’riq hissini yo’qotish. Shu sababli … Read More

Anesteziya

Anesteziya (Yunoncha an — inkor qo’shimchasi va aisthesis — sezgi, his etish) — sezgini yo’qotish, og’riqsizlantirish. Sun’iy Anesteziya ko’pincha jarrohlikda va boshqa hollarda qo’llaniladigan og’riqsizlantirishdir. Umumiy hamda mahalliy turlari bor. … Read More