ALMAIY

ALMAIY (taxallusi; asl ismi Fazlulloh Mirjalol o’g’li) (1851/52 — Toshkent — 1894/95) — o’zbek shoiri, tarjimon, arabshunos va xattot. Toshkentdagi «Muyi muborak» va Buxorodagi madrasalarda tahsil ko’rgan (1866-67). Turk, fors, … Read More

«AL-MAGEST»

«AL-MAGEST» (Arabcha — Almajistiy, lotincha Almagestum — «Buyuk qurilish») — yunon astronomi Ptolemeyning mashhur asari; 150-160-yillarda yozgan. Bag’dod xalifasi Ma’munning farmoni bilan taxminan 825 yilda Arab tiliga tarjima qilingan. Yunon … Read More

ALLYUVIY

ALLYUVIY (lotincha alluvio — oqiziq), allyuvial yotqiziqlar — oqar suvlar (daryo, irmoq va boshqalar) bilan oqib kelib to’plangan yotqiziqlar. Allyuviy daryolarning o’zani, qayir qismi va vodiydagi terrasalarni hosil qiladi; ko’pgina … Read More

ALLYUVIAL TEKISLIKLAR

ALLYUVIAL TEKISLIKLAR — doimiy va vaqtli oqar suvlar keltirmalarining er yuzasidagi botiq yoki yassi joylarda cho’kib qolishidan vujudga kelgan tekisliklar. Shag’al, chaqirtosh va qum, qumoq hamda loyqalardan tashkil topadi. Allyuvial … Read More

ALLOH

ALLOH (Arabcha, «al-iloh» — ilohiy kuch, Xudo), Olloh — Islom dinida butun mavjudotni yaratgan oliy ilohiy kuch; Xudoning nomi. Keyingi yillardagi adabiyotlarda mahalliy talaffuzga moslab Olloh shaklida ham qo’llanib kelingan. … Read More

ALLOXTON

ALLOXTON (Yunoncha allos — boshqa va chthon — yer) — tog’ jinslari majmuasining paydo bo’lgan joylaridan ma’lum geologik jarayonlar sababli yangi o’ringa — avtoxton jinslar ustiga qiyalik va ko’pincha to’lqinsimon … Read More

ALLOF

ALLOF — 1) giyohfurush, o’tin-cho’p sotish bilan shug’ullanuvchi kishi; 2) bozorda g’alla, don, un sotuvchi.

ALLOTROPIYA

ALLOTROPIYA (Yunoncha allos — boshqa va tropos — burilish, yo’nalish) — kimyoviy elementning tuzilishi va xossalari turlicha bo’lgan ikki yoki undan ortiq oddiy modda holida mavjud bo’la olishi. Bu allotropik … Read More

ALLOPOLIPLOIDIYA

ALLOPOLIPLOIDIYA (Yunoncha allos -boshqa va polyploos — ko’p karrali) — har xil turlar yoki avlodlarga mansub organizmlarni chatishtirish natijasida olingan duragaylarda ikki va undan ortiq genomlarning karrali ortishi tufayli vujudga … Read More

ALLOPATIYA

ALLOPATIYA (Yunoncha allos — boshqa, yot va pathos — dard) — nemis vrachi S. Ganeman kiritgan termin. U Gomeopatiya degan davolash sxemasini ishlab chiqib, o’z zamonidagi mavjud davolash usullariga qarshi … Read More