BESHTOV
BESHTOV — Zirabuloq past tog’lari tarkibidagi tog’ tizmasi. Samarqand viloyatida. Eng baland joyi 955 metr. Shim. yon bag’ri Zarafshon vodiysiga tik tushgan va soylar bilan o’yilgan (chuqurligi 150 metrgacha). Janub … Read More

BESHOROL QO’RIQXONASI — Qirg’iziston Respublikasi hududidagi Chatqol vodiysida joylashgan qo’riqxona. 1979 yilda tashkil etilgan. Maydoni 16,7 ming gektar. Archazor va yong’oqzorlar bor. Menzbir sug’uri, qor qoploni va boshqalar, qushlardan sapsan, … Read More
BESHMO’YLOVDORLAR, tilchasimonlar (Pentastomida, Lingualida)— parazit umurtqasiz hayvonlar sinfi. Bo’g’imoyoqlilar tipining xeliseralilar kenja tipiga qo’shimcha sinf sifatida kiritiladi. 70 dan ortiq turi ma’lum. Asosan tropik mamlakatlarda tarqalgan. Tana shakli chuvalchangsimon yoki … Read More
BESHKENT BOTIG’I — Qashqadaryo viloyatidagi botiq. G’arbdan Buxoro va Chorjo’y tektonik pog’onalari va sharqdan Hisor tog’ining Janubiy g’arbiy tarmoqlari bilan chegaralangan. Janubi g’arbi Amudaryo uzilmasi, shimoli sharqi Qashqadaryo sinklinali bilan … Read More
BESHKASHTA — palosga qo’lda tikiladigan panjara gulchin bezaklar. Beshkashta rejali bo’rtma gullar solingan kashtalarga o’xshaydi. Beshkashta, shuningdek ilgak bilan ham tikiladi.
BESHKAPASOY — Farg’ona viloyati Beshariq tumanidagi soy. Isfara daryosining tarmog’i. Isfaradan ajralib chiqib shimolga oqadi. Uzunligi 18 kilometr. Suvi asosan sug’orishga sarf bo’ladi.
BESHINCHI RESPUBLIKA — Frantsiyada de Goll hukumati tayyorlagan 1958 yilgi Konstitutsiya (beshinchi respublika Konstitutsiyasi) joriy etilgandan keyingi respublika. Beshinchi respublika Konstitutsiyasiga muvofiq, parlament vakolati cheklanib, respublika prezidenti huquqi kuchaytirilgan.