ABXA

ABXA — Saudiya Arabistoni Janubiy- g’arbidagi shahar. Asir viloyatining ma’muriy markazi. Aholisi 35 ming kishidan ortiq. Karvon yo’llari kesishgan joyda. Qishloq xo’jalik rayonining (bug’doy, sorgo, xurmo, kofe, sholi, chorvachilik) markazi.

«ABUSHQA»

«ABUSHQA» — izohli lug’at. Alisher Navoiy asarlaridan foydalanuvchilar uchun 16-asrda Turkiyada tuzilgan. Muallifi noma’lum. Navoiy zamondoshlarining asarlaridan ham ayrim misollar kiritilgan. «Abushqa» lug’ati Abushqa so’ziga izoh bilan boshlangani uchun shu … Read More

ABUTALIYEV

ABUTALIYEV Faradey Basirovich (1932.25.3, Toshkent) — matematik olim, O’zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (2000), fizika-matematika fanlari Doktori (1964), professor (1972). O’rta Osiyo davlat universitetini tugatgan (1952). O’zbekiston Fanlar Akademiyasi hisoblash markazli … Read More

ABUSAID MAHZUM

ABUSAID MAHZUM (19 — asrning 2- yarmi — 20 — asr boshlari) — samarqandlik o’lkashunos, xattot, Sharq qo’lyozmalari bilimdoni. V. L. Vyatkinning ko’ngilli yordamchilaridan bo’lgan, Abusaid Mahzum Vyatkinga Ulug’bek rasadxonasi … Read More

«ABUMUSLIMNOMA»

«ABUMUSLIMNOMA» -10-11- asrlarga oid jangnoma. Fors tilida yozilgan, keyinchalik Arab, turkiy tillarga tarjima qilingan. Abu Muslim (Xuroson va Movarounnahr amiri) haqidagi rivoyat va afsonalardan iborat. Muallifi Abu Tohir Tarsusiydir. “Abumuslimnoma” … Read More

ABULHASAN SIMJURIY

ABULHASAN SIMJURIY Muhammad ibn Ibrohim (?-989) — Somoniylar sipohsolori va Xurosondagi noibi (957 yildan). Asli G’ulomlardan. Buvayxiylar va ziyoriylarga qarshi janglarda g’alaba qozongan, uning yordamida G’aznada Somoniylar hukmronligi o’rnatilgan. So’ng, … Read More

ABULG’OZIY BAHODIRXON

ABULG’OZIY BAHODIRXON (1603.23.8, Urganch-1663. 4, Xiva) – Xiva xoni (1643-1664), Shayboniylar sulolasidan, tarixchi va tabib. Abulg’ozi Bahodirning og’alari Habash Sulton va Elbars Sulton otalari Arab Muhammadxonni yengib, uni qum qal’asiga … Read More

ABULQOSIM MADRASASI

ABULQOSIM MADRASASI — Toshkentdagi me’moriy yodgorlik. Madrasa, masjid va xonaqohdan iborat. Qurdirgan Shayx nomi bilan atalgan. Eng eski binosi — xonaqoi Mo’yi muborak 1820 yil bunyod etilgan, 1850 yil Madrasa … Read More

ABULQOSIM BOBUR

ABULQOSIM BOBUR (1422, Hirot -1457 yil mart, Mashhad) — temuriylardan, Boysunqur Mirzoning o’g’li. Bobosi Shohrux Mirzo qo’l ostida tarbiyalangan. Xuroson taxti uchun kurashda g’olib chiqib, 1449 yil Fevralda Abulqosim Bobub … Read More