ARILLASH

ARILLASH (kimyoda) — organik birikmalar tarkibidagi vodorod atomi o’rniga aril guruhini kiritish. Arilfenil, naftil va boshqa aromatik birikmalar qoldig’i. Arillash har xil aromatik birikmalar hamda organik bo’yoklar ishlab chiqarishda qo’llaniladi.

Batafsil o‘qish

ARILAR

ARILAR, arisimonlar (Apotdea) — chaquvchi pardaqanotlilar katta oilasi. Kovlovchi arilarga yaqin tuzilgan. Arilarning panjalari tuklari bilan birga chang yig’uvchi apparatni hosil qiladi, uzun xartumi esa guldan nektar yig’ishga moslashgan. Arilarga … Batafsil

Batafsil o‘qish

ARIZACHO’P

ARIZACHO’P — uzunchoq, ichi kovak, chiroyli ishlanib, sirti naqshlangan yog’och g’ilof. O’rta asrlarda Turkiston xonliklaridagi amaldorlar o’zaro yozgan ariza va iltimosnomalarini Arizacho’pda choparlar orqali yuborganlar.

Batafsil o‘qish