ALFATRON

ALFATRON, radioaktiv vakuummetr — gaz bosimini aniqlaydigan asbob. Ishlash tarzi oddiy yoki plutoniyning alfa-yemirilishi natijasida ionlashgan gazning elektr o’tkazuvchanligini o’lchashga asoslangan. Alfatron, asosan, gaz bosimini avtomatik nazorat qilish sistemalarida ishlatiladi.

Batafsil o‘qish

ALFA-TERAPIYA

ALFA-TERAPIYA — alfa zarralar (radonli vannalar, radioaktiv boylamlar va boshqalar) ta’sirida davolash; nur bilan davolashning bir turi. Alfa-terapiya nerv sistemasi, endokrin bezlar, yurak-tomir faoliyatini yaxshilaydi. Ko’pgina kurortlarda Alfa-terapiya qo’llaniladi.

Batafsil o‘qish

ALFA-SPEKTROMETRLAR

ALFA-SPEKTROMETRLAR — radioaktiv yadrolar chiqarayotgan alfa (a)-zarralar energiyasini o’lchaydigan asbob. Ishlash tarzi a-zarralarning magnitik tahliliga (magnit Alfa-spektrometrlar) yoki ularning ionlovchi ta’sirlarini tadqiq qilishga (ionlash kamerasi) asoslangan. a-zarralarning energetik spektri (nafis … Batafsil

Batafsil o‘qish

ALFA

ALFA (Yunoncha alpha) — 1) yunon alifbosi birinchi harfi [A, a] ning nomi; 2) moddaning muayyan holatini bildiruvchi so’z bo’lagi (masalan, alfa-temir); 3) so’zning alfa-zarrachalarga aloqadorligini biddiradigan qo’shimchasi (masalan, alfa-yemirilish). … Batafsil

Batafsil o‘qish

ALTRUIZM

ALTRUIZM (Fransuzcha altruisme, lotincha alter — boshqadan) — axloqiy tushuncha, uning negizida boshqa kishilarga xolis xizmat qilish, ularning baxt-saodati uchun o’z shaxsiy manfaatlarini qurbon qilish yotadi. Altruizm terminini falsafaga egoizm … Batafsil

Batafsil o‘qish

ALTERNARIOZLAR

ALTERNARIOZLAR — o’simliklarning zamburug’li kasalliklari. Ekinlarda Alternariozlarni Alternaria turkumiga mansub zamburug’lar qo’zg’atadi. Kasallangan o’simlik to’qimalari ustida saprofit zamburug’ — alternariya to’q jigarrang duxobasimon dog’-g’ubor hosil qilib rivojlanadi. Dog’lar doirasida to’qimalar … Batafsil

Batafsil o‘qish