AKROSTIX
AKROSTIX (Yunoncha akrostichis, akros -chekka va stichos — satr) — she’r turi. Har bir satr bosh harfidan (tepadan pastga qarab o’qilganda) biror ism (so’z yoki ibora) kelib chiqadi.

AKROSTIX (Yunoncha akrostichis, akros -chekka va stichos — satr) — she’r turi. Har bir satr bosh harfidan (tepadan pastga qarab o’qilganda) biror ism (so’z yoki ibora) kelib chiqadi.
AKROSOMA (Yunoncha akron — cho’qqi va soma — tana) — spermatozoid boshchasi ustidagi g’ilofcha. Zich tanacha shaklida yotadi. Akrosoma urug’lanish uchun zarur tuzilma. Akrosomada tuxumhujayra qobig’ini yemiradigan gialuronidaza fermenti bo’ladi.
AKROPETAL RIVOJLANISH (Yunoncha akron — cho’qqi, balandlik, lotincha petere — intiladi) — o’simliklardagi organlar yoki yon shoxlar eng yosh qismlarining pastdan yuqoriga qarab ma’lum tartibda birin-ketin o’sishi yoki rivojlanishi.
AKROMOV Toshxo’ja (1936.23.5, Toshkent) —kinorejissyor. O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san’at arbobi (1983). Toshkent davlat san’at institutini tugatgan (1957). Hamza teatrida aktyor (1955— 62), «O’zbekfilm»da rejissyor yordamchisi, rejissyor (1962-68), «O’zbektelefilm»da rejissyor (1968-79), … Read More
AKROMEGALIYA (Yunoncha akros — oyoq-qo’l va megos — katta) — miya ortig’i (gipofiz) o’sish gormonini ortiqcha ishlab chiqarish natijasida kelib chiqadigan endokrin kasallik. Bunda odamlarning laboratoriya, burun, pastki va yuqori … Read More
AKROBATIKA (Yunoncha akrobotes — oyoq uchida yuraman, yuqoriga chiqaman) — 1) gimnastika shaklidagi jismoniy mashqlar turi; 2) sakrash, sport uskunalariga tayanib yoki ularsiz muvozanatni saqlab bajariladigan, kuch, epchillik namoyish qilinadigan … Read More
AKRILONITRIL, rangsiz suyuqlik. Suyuqlanish temperaturasi 83°, qaynash temperaturasi 77,3°. Organik erituvchilarning ko’pchiligida eriydi. Suv bilan 70,5—70,7° da qaynaydigan azeotrop aralashma hosil qiladi. Akrilonitrilni saqlashda uning polimerlanish va yonuvchanlik xossalarini e’tiborga … Read More