AVIATRASSA

AVIATRASSA — fuqaro havo flotining turli samolyotlari va vertolyotlari muntazam ravishda qatnaydigan havo yo’li. Aviatrassada aerodromlar va boshqa vositalar (yo’l chiroqlari, tanish belgilari, aviasiya mayoqlari va hokazo) bo’ladi. Fuqaro aviatsiyasida samolyot hamda vertolyotlar, odatda, Aviatrassa bo’ylab uchadi. Ba’zan ayrim hollarda (ekspeditsiya, tibbiy yordam ko’rsatish va boshqalar) Aviatrassadan tashqari ham uchish mumkin. O’zbekistonda — birinchi marta 1924 yilda Toshkent — Avliyoota — Pishpek Aviatrassasi barpo etilgan. 1999 yilda «O’zbekiston havo yo’llari» Milliy aviakompaniyasi bilan 55 chet el aviakompaniyasi o’rtasida yo’lovchi va yuklar tashish bo’yicha hamkorlik o’rnatildi. Milliy aviakompaniya Yevropa, Osiyo va AQSh davlatlarining O’zbekiston Respublikasi ichida 16 yo’nalish bo’yicha samolyotlar qatnovini yo’lga qo’ydi. O’zbekiston Respublikasidan qatnaydigan umumiy havo yo’lining uzunligi 2 million kilometrdan oshdi.