AVIZO

AVIZO (italiancha aviso) — bank, tijorat amaliyotida hisob-kitob harakatlarining bajarilganligi to’g’risida rasmiy xabarnoma. Banklar Avizo orqali mijozlarini amalga oshirilgan debit va kredit harakatlari, yozuvlari, hisob varag’idagi qoldiqlar, pul o’tkazmalarini to’lash, chek talabnomasi, akkredetiv ochish va boshqa yozuvlar xususida xabardor qiladi. Tovar jo’natuvchi (sotuvchi) tomonidan xaridorga tovar jo’natilgani haqidagi xat ham Avizo deyiladi.