AZOT TO’PLOVCHI MIKROORGANIZMLAR

AZOT TO’PLOVCHI MIKROORGANIZMLAR, azotfiksatorlar — atmosferadagi molekulyar azot (N2) ni o’zlashtiruvchi va uni organik birikmalarga o’tkazuvchi mikroorganizmlar. Azot to’plovchi mikroorganizmlarga dukkakli o’simliklar (beda, sebarga, no’xat va boshqalar) bilan simbioz hayot kechiruvchi Phisobium turkumiga mansub bakteriyalar kiradi. Dukkakli o’simliklar yoqilgan har bir gektar maydonda yiliga 100— 250 kilogramm va undan ortiq Azot to’plovchi mikroorganizmlar azoti to’planadi. Beda ildizida to’plangan biologik azot tuproq unumdorligini oshiradi, tuproq tarkibidagi chirindi miqdorini ko’paytiradi, tuproqning gidrolitik kislotaligini pasaytiradi. Dukkaksiz o’simliklar (qandog’och, jiyda va boshqalar) ildizida tuganaklar hosil qiluvchi aktinomisetlar ham Azot to’plovchi mikroorganizmlar hisoblanadi. Ba’zi azot to’plovchi bakteriyalar ayrim tropik o’simliklar bargi to’qimalarida tuganaklar hosil qilib rivojlanadi. Tuproqda va suv havzalarida erkin yashovchi sporali anaerob bakteriya — klostridium, aerob sharoitda yashovchi mikroorganizmlar — azotobakter, oligonitrofillar (azotsiz oziqmuhitida yashovchi bakteriyalar) ham azot to’plovchi faol mikroorganizmlarga kiradi. Ko’k-yashil suvo’tlarning ko’pchilik turlari (Nostok, Anabaena va boshqalar), ayrim to’q-qizil oltingugurt bakteriyalar va yashil bakteriyalar ham aktiv Azot to’plovchi mikroorganizmlardir. Azot to’plovchi ko’k-yashil suvo’tlarning 80 turi ma’lum bo’lib, 45 turi O’rta Osiyo tuproqlari va suv havzalarida tarqalgan. Ayrim zamburug’ turlari, achitqilar, spiroxetlar va boshqalar ham Azot to’plovchi mikroorganizmlar azotini to’plashda ishtirok etadi. Azot to’plovchi mikroorganizmlar tabiatda azotning aylanishida, xususan o’simlikni o’zlashtira olish mumkin bo’lgan azot bilan ta’minlashda, ya’ni Azot to’plovchi mikroorganizmlar azotini o’simliklar foydalanadigan ko’rinishga keltirishda katta ahamiyatga ega.