BAG’DOD TEMIR YO’LI
BAG’DOD TEMIR YO’LI – Bosfor bo’g’ozini Fors ko’rfazi bilan bog’laydigan temir yo’l (uzunligi taxminan 2400 kilometr) ning 20-asr boshlarida keng tarqalgan pomi. Turkiya, Suriya va Iroq hududidan o’tadi. 1888 yilda dastlab Germaniyaning «Doyche bank»i Bosfordan Izmirgacha 1871 yilda qurilgan temir yo’lni Anqaragacha uzaytirish bo’yicha koniessiyani Turkiya hukumatidan sotib oldi. 1899 yilda tuzilgan Frantsiya-Germaniya bitimiga binoan. Frantsiya yo’l qurilishiga sherik bo’ldi. 1903 yilda temir yo’l qurilishini davom ettirish kontsessiyaning Turkiya tomonidan Germaniyaga berilishi yirik davlatlar urtasida ziddiyatlarning kuchayishiga sabab bo’lgan. Angliya-Germaniya bitimiga (1914) muvofiq, Germaniya Bagdoddan Janubda Fors ko’rfazi yo’nalishida temir yo’l qurilishini Angliyaga berdi. Xususiy ingliz va frantsuz kompaniyalari Bag’dod temir yo’lining so’nggi qismlarini tugallab, foydalanishga topshirdi (1934 — 41). Hozir Bag’dod temir yo’li qismlari Turkiya, Suriya va Iroqqa qaraydi. Texnika, transport va aloqa yo’llarining taraqqiyoti tufayli Bag’dod temir yo’li o’zining siyosiy-strategik ahamiyatini yo’qotdi.