BARIK BOSQICH
BARIK BOSQICH (meteorologiyada) — yuqoriga ko’tarilganda havo bosimi 1 millimetr simob ustuniga yoki 1 MB ga kamayadigan yoki pastga tushganda shuncha miqdorga ortadigan tik (vertikal) masofa. metr MB yoki metr millimetrda ifodalanadi. Dengiz sathida bir Barik bosqich 8 metr. MB yoki 10,5 metr millimetrga, 5 kilometr balandlikda 15 metr MB ga, 18 kilometr balandlikda 18 metr MB ga teng. Bir xil balandlikda Barik bosqich havo temperaturasiga bog’liq. U issiq havoda kattaroq, sovuq havoda kengroq bo’ladi.