BARTOLINIT

BARTOLINIT — qin (diloq) dahlizidagi katta Bartolin bezlarining yallig’lanishi. Kasallik qo’zg’atuvchi mikroblar: gonokokk, streptokokk, stafilokokklarning bez yo’llariga kirishi sabab bo’ladi. Gonokokklar qo’zg’atgan Bartolinit (so’zak Bartoliniti) da ko’pincha bez yo’llarining har ikki tomoni yallig’lanadi. O’z vaqtida davo qilinmasa, bez yo’lining yallig’lanib bo’rtishi natijasida teshigi berkilib, yiring to’planadi, ya’ni Bartolin bezining abssessi paydo bo’ladi, bunda qattiq og’riq seziladi, harorat ko’tariladi, ba’zan tovuq tuxumidek shish paydo bo’ladi. Abssess o’z-o’zidan yorilishi ham mumkin, bunda og’riq yo’qolib, harorat normallashadi, lekin ma’lum vaqt o’tgandan so’ng yorilgan joy berkilib, abssess yana qaytarilishi va oqma hosil bo’lishi mumkin. Shuning uchun qin dag’lizi sohasida deyarli og’riqsiz kichik bo’rtma (do’mboqcha) paydo bo’lishi bilan shifokorga ko’rinish lozim. Aks holda kasallik og’ir asoratlarga olib kelishi mumkin.