Begor
Begor-O’rta Osiyoda o’rta asrlarda mavjud bo’lgan majburiy ishlab berish majburiyati bo’lib, mehnatkash xalq xon va mahalliy hukmdorlar tarafidan davlat va feodallarning turli qurilishlari, jumladan, qal’a, saroy, yo’l qurilishi, kanal va ariqlar qazish kabi ishlarda tekinga ishlab berishga majbur qilingan. Masalan: Abdullaxon II ning (1583-1598) hukmronlik davrida, uning maxsus farmoni bilan mashhur Juyboriy xojalaridan Hoja Sa’dning yerlariga Vaxshdan suv chiqarish uchun ariq qazishga Hisor, Dehnov, Kubidiyon va Shahrisabzdan 10 ming kishi safarbar qilingan.