BENTOS

BENTOS (Yunoncha benthos — chuqurlik) — dengiz va chuchuk suv havzalari tubidagi balchiqda va uning ustida yashaydigan organizmlar. Bentos o’simliklar (fitobentos) va hayvonlar (zoobentos) Bentosga ajratiladi. Zoobentos o’z navbatida loyqada yashaydigan hayvonlar — infauna (ko’p tuklilar, ikki pallali mollyuskalar, exiuridlar, sipunkulidlar, ayrim ignaterililar va boshqalar)ga, loyqa ustida o’rmalab yuruvchilar — onfauna (ko’p tuklilar, mollyuskalar, ignaterililar, qisqichbaqasimonlar), substratga yopishib yashovchilar — epifauna (g’ovak tanlilar, gidroidlar, aktiniyalar. Korallar, mehankalar, dengiz yopqoqchalari, ayrim ikkipallalilar). suv tubi yaqinida suzib yuradigan, ba’zan suv tubiga tushib turashgan nektobentos (krevetkalar. mizidlar, ayrim goloturiyalar, suv tubi baliklari va boshqalar) ga ajratiladi. Tanasining o’lchami bo’yicha Bentos makrobentos (5 — 10 millimetr va undan yirikroq organizmlar), meyobentos (0.5 millimetrdan 10 millimetrgacha) va mikrobeitosga (0.5 millimetrdan kichik) bo’linadi. Dengizning sayoz qismida fitobentos asosan makrofitlar (suv o’tlari) dan, chuqur qismida esa hayvonlar va bakteriyalardan iborat. Dengizlarda Bentos biomassasi chuqurlik ortishi bilan kamayib boradi. Dengiz tubining 8% ni tashkil etadigan sohil bo’yi suvlari (chuqurligi 200 metrgacha) biomassasiga dengiz biomassasining 60%, aksincha suv tubining 3-4 qismiga teng bo’lgan abissal qismiga 10% biomassa to’g’ri keladi. Okean Bentos yalpi biomassasi 10— 12 milliard tonnaga teng. Chuchuk suvlarda Bentos son va turlar jihatidan nisbatan xilma-xil bo’lmaydi. Zoobentos tarkibiga har xil umurtqasiz hayvonlar. fitobentosga suv o’tlari va gulli o’simliklar kiradi. Bentos ko’pchilik baliklar va boshqa hayvonlar uchun oziq hisoblanadi.