BERKAXON
BERKAXON (rus solnomalarida — Berkay) (12091266) Oltin O’rda xoni (1255-66). Chingizxonning nabirasi, Jo’jixonning uchinchi o’g’li, Botuxonning ukasi. Berkaxon o’z davlatining harbiy-iqtisodiy qudratini oshirish uchun hunarmandchilik va savdo-sotiqni rivojlantirishga katta ahamiyat bergan, shu maqsadda u 1257 yil bosqoqlik harbiy-siyosiy tashkilotini tuzib, uning vositasi bilan Oltin O’rdaga tobe yerlarda, jumladan Rusda mahalliy hokimiyat ustidan nazorat o’rnatgan, aholini yalpi ro’yxatga olib, soliq undirish sistemasini tartibga solgan. Mug’ullar Eronni bosib olib, Bag’dodni zabt etgach (1258), Berkaxon Ozarbayjonni Oltin O’rdaga qo’shib olish maqsadida hulokuiylarta qarshi kurash boshlagan, bu borada u o’ziga ittifoqchi izlab Misr sultoni Beybars bilan yaqin diplomatik aloqalar o’rnatgan. 1264 yil Berkaxon Hulokuxonga qarshi qo’shin tortib, uni ko’ra daryosi sohilida mag’lub etgan, ammo 1265 yil Ozarbayjonga yana yurish qilganda to’satdan vafot etgan. Berkaxon hukmronligi davrida Oltin O’rda aholisi Islom diniga kiritila boshlagan, ikkinchi poytaxt — saroy Berka qurilgan.