BESHARCHA TOG’I

BESHARCHA TOG’I — Surxondaryo viloyati uzun tumani hududidagi Bobotog’ tizmasining Jan.da. O’zbekiston bilan Tojikiston chegarasi tutashgan joyda. O’rtacha balandlikda, eng baland joyi 1766 metr. G’arbiy yon bag’ri qiyaroq, Sharqiy yon bag’ri esa tik jarlik. Yer usti juda parchalangan, kanonsimon daralar, chuqur quruq soy ko’p. Quyi bo’r, yuqori Yuraning tuzli va gipsli ohaktosh yotqiziqlari keng tarqalgan Sharqiy qismida karst hodisasi rivojlangan. Iqlimi quruq, keskin kontinental. Yog’in miqdori 300-500 millimetr. Bo’z tuproq, jigarrang tog’ tuproqdari tarqalgan. Efemeroid o’simliklar, ayrim qismlarida listi, bodom, o’sadi. Buloqlar, qish va bahor oylarida oqib yozda qurib qoladigan soylar bor. Yaylov sifatida foydalaniladi.