BIR YILLIK O’SIMLIKLAR

BIR YILLIK O’SIMLIKLAR — barcha hayotiy tsikllari bir vegetatsiya davrida, ya’ni bir yil davomida urug’idan unib chiqib, o’sib, gullaydigan va nasl qoldirib quriydigan o’simliklar. Bir yillik o’simliklar orasida butun rivojlanish jarayoni bir necha hafta ichida tugaydigan efemer o’simliklar guruhi ajralib turadi. Cho’l va dasht sharoitlarida efemerlar kuz, qish yoki bahorda o’sadi. Ular yilning ko’p davrini urug’ holida o’tkazadi. Namligi yetarli zonalarda efemerlar (masalan, yulduzo’t, qo’ng’irbosh) bir vegetatsiya davrida bir necha bo’g’in berishi mumkin. Vegetatsiya davri uzoq kechadigan Bir yillik o’simliklar bahorgi va kuzgilarga bo’linadi. Bahorgi Bir yillik o’simliklar bahor va yoz oylarida o’sib, hayot tsiklini 1 -5 oyda tugatadi. Kuzgi Bir yillik o’simliklarning urug’lari kuzda darhol unib chiqib, tomiroldi barglari rivojlanadi va shu tarzda qor tagida qishlab chiqadi. Bahorda ular rivojlanishni davom ettiradi — gullaydi, urug’ berib, keyin qurib qoladi. Bu guruhga kuzgi javdar, burdoy, shuningdek ko’pchilik begona o’tlar (jag’jag’, bo’tako’z va boshqalar) kiradi. Bir yillik o’simliklar o’zgarib turuvchi iqlim sharoitiga moslashgan kup yiplik o’simshklarning evolyutsiya jarayonida shakllangan.