BIRJA KURSI
BIRJA KURSI — fond birjasida muomalada bo’lgan qimmatbaho qog’oz (aktsiya, obligatsiya)ning sotilish narxi. Birja kursiga qimmatbaho qog’ozga to’lanadigan dividend va ssuda foizi ta’sir ko’rsatadi. Dividend miqdori yuqori bo’lsa, Birja kursi qimmat, ssuda foizi yuqori bo’lsa, arzon bo’ladi. Aktsiyalarning nominal qiymati Birja kursiga ta’sir ko’rsatmaydi, obligatsiyalarning Birja kursi esa nominal narxiga bevosita bog’liq bo’ladi, chunki qaytarib sotib olish muddati qanchalik yaqin bo’lsa, ularning Birja kursi shu qadar yuqoriroq yuradi.