BITTEPA

BITTEPA — g’or shaklida o’yib ishlangan qabriston (7-8-asrlar). Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanidagi adirda joylashgan. O’zbekiston san’atshunoslik ekspeditsiyasi tomonidan 1979 yilning yozida qazib o’rganilgan. Qabrlar birbiridan 4-6 metr uzoqlikda bo’lib, yer sathidan 15-20 metr balandlikda murabba (2,4×2,4va3,3×3,3metr), to’g’riburchak (1,8×4,9 metr) va xoch shaklida qumtosh ichiga o’yib ishlangan. Qabrlar og’zi katta hajmdagi g’ishtlar (52x26x10 santimetr) bilan berkitilgan bo’lib, murdalar qo’yilgan joyga baladligi 1-1,2 metr keladigan kamalaksimon yo’lak orqali kirilgan. Yo’lak devorlarida ham o’yib ishlangan tokchalar bor. Har bir qabrdan 10 va 18 tagacha odam suyaklari chiqqan; ular atrofida xilma-xil munchoqlar, mis isirg’alar, temir va misdan tayyorlangan kamar to’qalari, o’q-yoy uchi, pichoqlar, uzuklar topilgan. Eng noyob topilma qanot yoyib turgan holatda tasvirlangan ilohiy ma’buda — taqinchoqdir. Qizil rangga bo’yalgan paxta va ipak matolar ham uchraydi. Topilgan 15 ta kumush va jez tanganing bir qismi sosoniy podshohlaridan Feruz (459-484), Xusrav I Anushirvon (531579) va Hurmuzd IV (590628)ga taalluqlidir. Bitom qabristonida birorta ham sopol idish uchramaydi, demak, bu davrda chag’oniyonliklarda dunyoqarash va ko’mish urf-odatlari o’zgacha bo’lgan.