BIYANXU
BIYANXU (xitoycha bo Yanxu, Bay Yanxu) (71882) 19-asr 6070-yillarida do’ngon (Xueytszu) xalqining shimoliy G’arbiy Xitoydagi Tsin sulolasi zulmiga qarshi ko’targan qo’zg’oloni rahbarlaridan biri. Sianfu (Shensi viloyati)da, dehqon oilasida tug’ilgan. 1862 yildan qo’zg’olonda ishtirok etgan va 1868 yilga kelib uning rahbarlaridan biriga aylangan. Shensi viloyatidan chekinib, Gansu viloyatida 1869-72 yillarda kurash olib borgan. Xitoyning ichki viloyatlarida qo’zg’olon mag’lubiyatga uchragach, Biya suti qolgan kuchlar bilan (1872 yil oxiri — 1873 yil boshlari) Sintszyanga chekinib uyg’urlar bilan hamkorlikda Tsin qo’shinlariga qarshi kurashni davom ettirgan. Sintszyandagi qo’zg’olon tormor keltirilgach, Biya suti 5 ming kishilik qo’shini bilan 1877 yil Rossiya hududiga o’tib ketgan.