BOG’IAFZAL
BOG’IAFZAL — qadimgi qishloqlardan biri. Buxoro viloyati Shofirkon tumanida joylashgan. Bog’iafzal yaqinida ilk o’rta asrlarda Buxoroda hukmronlik qilgan vardonxudotlarning qarorgohi — Vardonze qo’rg’oni (Qo’rg’ontepa) xarobalari mavjud. 1880 yilda Bog’iafzal qattiq bo’ron natijasida qum ostida qolgan. Hozirgi qishloq qiyofasi tanib bo’lmas darajada o’zgargan. Bog’iafzal husayni uzumi va kishmishi bilan ham mashhur.