BOG’LANGAN ZARYAD

BOG’LANGAN ZARYAD — elektr o’tkazuvchanlikda qatnashmaydigan zaryad. Dielektrik moddada musbat va manfiy zaryadlar o’zaro mustahkam bog’langan bo’ladi. Bunday modda elektr maydonga joylashtirilganda Bog’langan zaryadlar birbiriga nisbatan siljimaydi, balki bog’langanicha qoladi.