Bo’yoq (rang, sir)

Bo’yoq (rang, sir) – 1) suyuq yoki pastaga o’xshash pigmentli lak-bo’yoq material, plyonka sifat modda hosil qiluvchi olif, har xil markali yoki suv dispersli sintetik polimerlar va bo’yaladigan yuzaga surilganida yarqiramaydigan lak-bo’yoq qoplama; 2) rang berish, bo’yash uchun ishlatiladigan modda; 3) turli rangli mineral, ma’dan kukunining maxsus qorishmasi. Me’moriy bezaklarda qo’llaniladi. Masalan: zanglashga qarshi bo’yoq, suvdan himoyalovchi bo’yoq, suv qochiradigan bo’yoq, pardoz bo’yog’i va boshqalar.