BOZORQAL’A
BOZORQAL’A — Beruniy shahridan 40 kilometr sharqda, Amudaryoning o’ng sohilidagi shaharqal’a xarobasi (miloddan avvalgi 6— 4-asrlar). S. P. Tolstoy rahbarligidagi Xorazm arxeologiya etnografiya ekspeditsiyani topib o’rgangan (1938). Shahar to’g’ri to’rtburchak tarhli; binolar paxsa va xom g’ishtdan qurilgan, nishon tuynukli (Tirkash) va burjli qo’sh mudofaa devori bilan o’ralgan. Devorlar oralig’idagi yo’lakning eni 3 metr. G’ishtlar 40×10 santimetr hajmda, maxsus tamg’ali bo’lgan. Qal’a (100×120 metr) shaharning Sharqiy burchagida joylashgan. Bozorqal’a hududidan turar joy va kulolchilik ustaxonalarining qoldiqlari, sirli sopol idishlar, og’zi keng, chambari jimjimador, tagi yassi xum, tosh yorg’uchoqlar, ostodonlar, qadimgi Misr xudosi bes, odam va hayvonlar haykalchalari, zeb-ziynat buyumlari topilgan.