BO’ZURG ALAVIY

BO’ZURG ALAVIY (1904.2.2, Tehron 1997.17.2, Berlin) — Eron yozuvchisi. Germaniyada ta’lim olgan. Dastlabki hikoyalar to’plami «Chamadon» 1935 yilda nashr etilgan. 1936 yilda ijtimoiy g’oyalarni targ’ib qilishda ayblanib, qamalgan. 50-yillarning oxirlaridan Bo’zurg Alaviy Germaniyada yashab, Berlin universitetida dars bergan. «Hibsxona kundaliklari» (1941) hikoyalar to’plami va «Ellik uch nafar» (1942) nomli qissasida siyosiy mahbuslar kurashi tasvirlangan. «Maktublar» (1951) hikoyalar to’plami uchun Jahon tinchlik Kengashining oltin medali bilan taqdirlangan (1953). «Uning ko’zlari» (1952) romani Eron demokratik kuchlarining monarxiyaga qarshi kurashi tasviriga bag’ishlangan. O’tkir ijtimoiy va dolzarb siyosiy mavzudagi «Dohiylar» (1978), «Chumolilar uyasi» (1989) ocherklari bor. A. P. Chexov, M. Gorkiy, F. Shiller, B. Shou va boshqalarning ayrim asarlarini fors tiliga tarjima qilgan. Bo’zurg Alaviy O’zbekistonda bo’lib, Alisher Navoiy tavalludining 500 yilligi tantanasida ishtirok etgan (Toshkent, 1948). «O’zbeklar» nomli esdaliklar yozgan (1950). «Uning ko’zlari» romani Ahmadjon Quronbekov tomonidan o’zbek tiliga tarjima qilingan (1982).