BREKCHIYA
BREKCHIYA (italyancha breccia — parcha, bo’lak) — qirrali bo’laklardan iborat tsementlashgan tog’ jinsi. Bo’laklari bir santimetrdan katta. Kelib chiqishiga ko’ra, vulkanogen, cho’kindi va tektonik Brekchiyalar bo’ladi. Tarkibiga ko’ra, bir xil tog’ jinslari bo’laklaridan (monomikt) va turli tog’ jinsi bo’laklaridan (polimikt) tashkil topgan turlari mavjud. Vulkanogen Brekchiya yopishqoq LAVA bo’laklarini suyuq LAVA bilan tsementlanishidan (LAVA Brekchiyasi), vulkan tuflari va boshqa vulkanogen jins bo’laklaridan (tuf brekchiyasi), vulkan viloyatlaridagi loy okimini diagenezga uchrashidan (laxarlar) hosil bo’ladi. Cho’kindi Brekchiya kontinental sharoitlarda yon bag’ir delyuviylari, sel oqimi yotqiziqlari yoki karstlar shipining qulab tushishidan hosil bo’lgan mahsulotlarni tsementlanishidan tarkib topali. Suyakli Brekchiya ham uchraydi. Ular umurtqali hayvonlarning ko’plab qirilishi va ko’milib ketishidan paydo bo’ladi. Dengiz sharoitida Brekchiya qirg’oqlarning o’pirilishidan yoki riflarning emirilishidan vujudga keladi. Tektonik Brekchiya (ishqalanish Brekchiya) tektonik harakatlardan yer yoriklari bo’ylab tog’ jinslarining maydalanib tsementlanishidan hosil bo’ladi.