BRUSIT

BRUSIT (amerikalik mineralogi A. Brus nomidan) — gidroksidlar kichik sinfiga mansub mineral, kimyoviy formulasi Mg(OH)2. Magniy qisman G’eg+ yoki mp2+ (ferro va manganobrusitlar) bilan almashishi mumkin. Trigonal sistemada kristallanadi, rangi oq, yashil, ko’k va qo’ng’ir (kamdan kam havorang). Gugurt qutisisimon, ignasimon kristallar va varaqsimon, tolasimon agregatlar. Qattiqligi 2,5; Sof og’irligi 2,4. Tolasimon Brusit nemalit deb ataladi. Metamorfizmga uchragan ohaktoshlar va dolomitlar tarkibidagi periklazni o’zgarishidan vujudga keladi. Serpentinit massivlari va marmarlashgan dolomit va ohaktoshlarda uchraydi. Magniy olish uchun xom ashyo, keramika va qog’oz sanoatida, o’tga chidamli mahsulotlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Rossiya Federatsiyasi (Ural, Kavkaz, Sibir), Qozog’iston, AQSh, Kanada, Italiya va boshqa joylarda konlari topilgan. O’zbekistonda Olmaliq, Kumushkon, Surenota, Zirabuloq, Quljuqtov, Sulton Uvays tog’larida uchraydi.