BUDESHURI TETRI

BUDESHURI TETRI — xo’raki, vinobop o’rtapishar uzum navi. Vatani Gruziya. Sharqiy ekologik-geografik navlar guruhiga kiradi. Tupi o’rtacha o’sadi. Guli ikki jinsli. Bargi (diametri 14-16 santimetr) uch, besh bo’lmali, arra tishli, tuksiz. Uzum boshi tsilindrkonus Simon (bo’yi 11-17 santimetr, eni 8-12 santimetr), o’rtacha tig’iz, vazni 200— 250 gramm. G’ujumi o’rtacha (diametri 9-14 millimetr), tuxumsimon, sarg’ish-yashil, po’sti yupqa. Eti shirali. Mevasi faol harorat yig’indisi 3000-3200° bo’lganda 140— 150 kun (avgust)da pishadi. Tarkibida 17— 19% qand bor. Hosildorligi 90-100 tsentner/gektar. Bu nav O’rta Osiyo, shimoliy Kavkaz va Ukrainada tarqalgan. Sug’oriladigan yerlarda yaxshi o’sib, mo’l hosil beradi. O’zbekistonning hamma viloyatlarida rayonlashtirilgan. Budyonnii Semyon Mixaylovich [1883.13(25).4, Kozyurin xutori (hozirgi Rostov viloyati, proletar tumani)— 1973.26.10, Moskva] — sho’ro armiyasi qo’mondoni. Marshal (1935), uch marta qahramon unvoni berilgan. Fuqarolar urushida otliq askarlar korpusi komandiri, so’ngra 1otliq armiya qo’mondoni (1919-23). 1939-41 yillarda mudofaa xalq komissarining o’rinbosari. 1941-45 yillardagi urushda Janubiy G’arbiy va shimoliy Kavkaz yo’nalishlari qo’shinlariga, rezerv va Shimoliy Kavkaz frontlariga (1941-42) qo’mondonlik qilib, o’zining layoqatsiz lashkarboshi ekanligini ko’rsatgan. 1943— 53 yillarda qizil armiya otliq askarlari qo’mondoni. Budeshuri tetri o’z otliq armiyasi bilan 1920-23 yillarda Turkiston o’lkasida bo’lib, bu yerda bolsheviklar vatanparvar istiklolchilarga qarshi olib borgan janglarda faol qatnashgan va ko’plab begunoh kishilarning qonini to’kkan. 1930-40 yillarda u harbiylar orasida o’tkazilgan umumiy qatag’on tashkilotchilaridan biri.