BURG’I QUDUG’I
BURG’I QUDUG’I — yer qatlamlarini o’rganish va ulardagi foydali qazilmalarni, mineral yoki chuchuk suvlarni aniqlash va ularni chiqarib olish uchun, shuningdek kavlanadigan quduq. Burg’i qudug’i yer yuzasida, yer osti tog’ inshootlarida burg’i qurilmasi yordamida shpur kavlash uchun turli burchak ostida parmalanadi. Burg’i qudug’ining og’zi, tubi (zaboy) va stvoli bo’ladi. Burg’i qudug’i diametri, odatda, 59— 1000 milimetr, chuqurligi bajaradigan vazifasiga qarab har xil bo’ladi. Tog’ jinslari o’pirilib tushmasligi uchun quduq devorlari po’lat quvurlar bilan mustahkamlanadi. Quduq og’zi bajaradigan vazifasiga ko’ra armatura, surib ochiladigan maxsus qopqoq BV berkitib qo’yiladi. Burg’i qudug’i tadqiqot — yer po’stini o’rganish uchun; ekspluatatsion; yordamchi — suyuqlik haydovchi, kuzatuv, pezometrik, ventilyatsion; maxsus — yaxlatuvchi, drenaj, tamponlovchi, portlatuvchi — portlovchi moddalarni quduq ichiga joylash uchun; qurilish — turli qurilmalar, ko’priklar, qoziqli nasoslar va boshqalar qurish uchun; tog’ texnik — tog’ inshootlarini qurish va ekspluatatsiya qilish uchun kavlanadigan quduqlarga bo’linadi. Tadqiqot Burg’i qudug’i xaritalash, strukturalarni qidirish, tayanchgeologik, tayanchtexnologik, parametrik, rudalarni izlash va razvedka qilish uchun burg’ilanadi. Ekspluatatsion Burg’i qudug’i neft, gaz va yer osti suvlarini chiqarib olish uchun bajariladi. Dunyoda eng chuqur quduq Kola yarim orolida (12000 metrdan ortiq) kavlangan. O’zbekistonda ChustPop hududida (chuqurligi 5670 metr), Mingbuloq (Namangan viloyati) neft konida (6000 metrdan ortiq) Burg’i qudug’i kavlangan. Shahar va qishloqlarni suv bilan ta’minlash, ekin maydonlarini sug’orish uchun chuqurligi 150-4000 metrli Burg’i qudug’i kavlangan.