BUYUK KO’LLAR

BUYUK KO’LLAR — shimoliy Amerikadagi yonma-yon joylashgan 5 katta ko’l (yuqori ko’l, Michigan, Guron, Eri, Ontario) ning umumiy nomi. AQSh bilan Kanadaning chegara qismida. Maydoni 245,2 ming kilometr kvadrat. Suvining hajmi 22725 kilometr kub. Buyuk ko’llar dunyoda eng katta chuchuk suv havzasidir. Ko’llar bir-birlari bilan qisqa, serostona daryolar orqdpi tutashgan. Ko’llar Atlantika okeaniga SanLavrentiy daryosi orkali oqadi. Yeri va Ontario ko’llarini bir-biriga bog’lovchi Niagara daryosida Niagara sharsharasi bor. Buyuk ko’llar qirg’oq chizig’ining umumiy uzunligi 18 ming kilometr. Buyuk ko’llar to’rtlamchi davr muzliklarining erishidan paydo bo’lgan. Shimoliy qirg’oqlari baland, qoyali, bularda qizil, qo’ng’ir qumtoshlar, granitlar, gneyslar yaqqol ko’rinib turadi. Janub va Janubiy Sharqiy qirg’oqlari past. Orol ko’p. Chikago shahri yaqinida ko’l suvining temperaturasi yanvarda 0′, avgustda 20°. Dekabrdan aprel oxirigacha muz bilan qoplanadi. Buyuk ko’llarda baliqlarning 173 turi bor. Ichki suv yo’llarining uzunligi 1873 kilometr. Buyuk ko’llardagi kema yo’llarining uzunligi 3 ming kilometr atrofida. Buyuk ko’llar atrofdagi daryo va ko’llar bilan ham kanallar orqali qo’shilgan. Ko’llarda temir rudasi, don, ko’mir va boshqa yuklar tashiladi. Yirik portlari — Chikago, Detroyt, Miluoki, Buffalo, Klivlend, Toronto.