«BUYUK URUSH»

«BUYUK URUSH» — Polsha qirolligi va Buyuk Litva knyazligining Tevton ordeni bilan bo’lgan urushi (1409— 11). Gryunvald jangi (1410) da Tevton ordeni mag’lubiyatga uchragan. Torun sulhi (1411) ga ko’ra Tevton ordeni Jemaytiya va Dobjin yerlariga bo’lgan da’vosidan voz kechib, Polsha va Litvaga tovon to’lab turdi.