Atlant
Atlant — yuqori tuzilishga ega umurtqalilarda bosh suyak bilan birikkan birinchi bo’yin umurtqasi.
Atlant — yuqori tuzilishga ega umurtqalilarda bosh suyak bilan birikkan birinchi bo’yin umurtqasi.
Atirguldoshlar — ikki pallali o’simliklar oilasi.
Atavizm, ajdodga tortish – organizm naslida odatda uchramaydigan, lekin ajdodlarga xos belgining nаmоуоn bo’lishi.
Astigmatizm — yorug’lik nurlari dastasining optik tizimdan o’tishda deformatsiyalanishi tufayli biг nuqtada emas, balki har xil nuqtalarda kesishishi. Bunda narsalarning tasviri buzilib, xira ko’rinadi. Ko’z astigmatizmi ko’zoynak orqali bartaraf etiladi.
Assimilatlar, о’ zlashtirilgan moddalar — fotosintezning oxirgi mahsulotlari, karbonat angidrid gazining qaytarilishi tufayli hosil bo’luvchi огganik birikma (glukoza, saxaroza, kraxmal va boshqalar).
Assimilyatsiya — O’zlashtirish, hayot faoliyati uchun zarur ozuqa moddalarning, organizm tomonidan o’zlashtirilishi. Modda almashinuvi jarayonining muhim tomonlaridan biri.
Assimilyatsion kuch, о’ zlashtirilgan kuchlar — quyosh energiyasi hisobiga hosil bo’ladigan va karbonat angidridning assimilatsiya qilinishida sarflanadigan energiyaga bоу birikmalar (ATF, NADFN2).
Assidiyalar — pardalilar kenja tipiga mansub dengizlarda yashovchi xordalilar sinfi.
Aspartat kislota — dikarbon aminokislota, oqsil tarkibida uchraydi. Amidlarning hosil bo’lishida va transaminlanish reaksiyalarida muhim ahamiyatga ega.
Asparagin — aspartat kislota amidi. Organizmda erkin holda va oqsillar tarkibida uchraydi. O’simliklarda jamg’arma azot sifatida to’planadi va ammiakni zararsizlantiradi.