Epifauna
Epifauna – biron-bir asosga yopishgan holda parazitlik qilmasdan hayot kechiruvchi hayvonlar; bentosning bir qismi.
Epifauna – biron-bir asosga yopishgan holda parazitlik qilmasdan hayot kechiruvchi hayvonlar; bentosning bir qismi.
Epidermis, yupqa ро’st — 1) yuksak o’simliklarning qoplovchi to’qimasi; 2) umurtqali hayvonlar va odam terisining tashqi qavati.
Enzimologiya — biokimyoning fегmentlar tuzilishi, vazifasi va fегmentativ reaksiyalar kinetikasi, fеrmentlarning ta’sir qilish mехаnizmlari, ularning tasnifi, nomenklaturasi va boshqalarni o’rganuvchi sohasi
Entomologiya — zoologiyaning hasharotlar tana tuzilishi, a’zolar faoliyati, hayot kechirish xususiyatlari, tashqi muhit bilan o’zaro munosabati va boshqalarni o’rganuvchi sohasi.
Entomofiliya — o’simliklarning hasharotlar yordamida chetdan changlanishi.
Entomofaglar, hasharot kushandalari — hasharotlar bilan ovqatlanuvchi yirtqich va parazit organizmlar. Ayrim entomofaglardan qishloq xo’jalik zararkunandalariga qarshi kurashda foydalaniladi.
Endotsitoz, ichga yutish – hujayra yuzasiga tegib turgan oqsil va boshqa makromolekulalarning yutilib, hazm qilinishi.
Endosperm, ichki urug’ — urug’ning rivojlanish jarayonida paydo bo’ladigan jamg’arma ozuqadan iborat to’qima; pusht (murtak) oziqlanishida sarflanadi.
Endorfinlar — markaziy asab tizimi ishlab chiqaradigan endogen рерtidlar; morfinga o’xshash ta’sir ko’rsatadi.
Endoparazit, ichki parazit — xo’jayin almashtirish bilan bog’liq murakkab sikllar xarakterlidir.