APO

APO … (Yunoncha aro — … dan) — qo’shma so’zlar bo’lagi, biror narsa yo’qligini, inkorni; biror narsadan paydo bo’lganlikni bildiradi (masalan, apoxromat). APO — Filippindagi vulkan, mamlakatning dengiz sathidan eng … Read More

APNOYE

APNOYE (Yunoncha apnoia — nafasning to’xtashi) — qonda karbonat angidrid gazining miqdori kamayib ketishi natijasida nafasning vaqtincha to’xtab qolishi. Ba’zan teri reseptorlarini kuchli ta’sirlaganda (masalan, birdan sovuq suvga tushilganda) ham … Read More

APLIT

APLIT (Yunoncha haploos — sodda) — magmatik ertomir tog’jinsi. Mayda donali, och rangli, bir tekis kristallangan minerallar (kvars, ishqorli dala shpati, ba’zan nordon plagioklazlar) dan iborat. Aplit paydo bo’lish jarayoni … Read More

APLIKATA

APLIKATA (lotincha applicato, so’zma-so’z — qo’yilgan) — fazoda Dekart koordinatalaridan biri; ko’pincha, z harfi bilan belgilanadi.

APLANOSPORA

APLANOSPORA (Yunoncha aplanes — qo’zg’almaydigan va spora) — yashil va sariq-yashil so’vo’tlar ba’zi turlarining jinssiz ko’payishi davrida hosil buladigan harakatsiz spora. Zoosporalar kabi Aplanospora ham oddiy vegetativ hujayralarda etiladi, lekin … Read More

APLANAT

APLANAT (Yunoncha anlanetos — xatosiz, og’ishmaydigan) — simmetrik joylashgan ikkita bir xil axromatik linzadan iborat fotoob’yektiv. Aplanat linzalarining tuzilishi va tarkibi tasvirning sferik va xromatik abberasiya natijasida buzilib chiqishiga yo’l … Read More

APILAK

APILAK, asalari suti — ishchi asalarilarning beli va ko’krak qismidagi bezlarda ishlab chiqariladigan suyuqlikdan tayyorlanadigan oq yoki sarg’ish quruq kukun. Biologik stimulyator xususiyati bor. Apilak tibbiyotda bolalarning gipotrofiya, kattalarning gipotoniya … Read More

APIA

APIA — Samoaning poytaxti. Aholisi 35 ming kishi (1998), asosan yevropaliklar. Tinch okeandagi Upolu orolining shimolida, Apia tog’ining yon bag’rida (dengiz sathidan 396 metr balandlikda). Qishloq xo’jaligi mahsulotlari, yog’ochni qayta … Read More

APERTURA

APERTURA (lotincha apertura — teshik, tirqish) — optik tizimning yorug’lik nurlarini o’tkazadigan teshigi; linzalar yoki diafragmalar bilan o’zgartirilishi mumkin. Burchakli Apertura — optik tizimdan o’tuvchi yorug’lik konussimon dastasining chetkl nurlari … Read More

APENNIN YARIM OROLI

APENNIN YARIM OROLI — Janubiy Yevropadagi yarim Orol. Maydoni 149 ming kilometr kvadrat, eni 130 — 300 kilometr, uzunligi 1100 kilometr. Apennin yarim orolining Janubda Kalabriya va Salentina, sharqida Gargano … Read More