ALEZIYA

ALEZIYA — qadimgi gallar shaharqal’asi (hozirgi Dijon yaqinida, Frantsiya). Miloddan avvalgi 52 yilda gallar qo’zg’oloni paytida Yu. Tsezar qamal qilgan. Gallar Versingetorig rahbarligida Aleziyani mardona himoya qilganlar, ammo rimliklarning harbiy … Read More

ALEVROLIT

ALEVROLIT (Yunoncha aleuron — un va litos — tosh) — qattiq chaqiq jins. Asosan o’lchami 0,01—0,1 millimetrgacha bo’lgan donalardan tuzilgan (alevrit). Tsementlashgan, zichlashgan va bir qadar diagenetik o’zgarishga uchragan.

ALEVRIT

ALEVRIT (Yunoncha aleuron — un) — bo’shak (zichlashmagan), chaqiq (parchalangan) cho’kindi jins. Alevrin o’z zarrachalarining hajmiga ko’ra, qumdan mayinroq, giddan dag’alroq bo’ladi. Alevrindagi zarrachalarning diametri ko’pincha 0,01 millimetrdan 0,1 millimetrgacha. … Read More

ALEBASTR

ALEBASTR (Yunoncha alabastros) — 1) qurilish gipsining eski nomi. Oq gipeni kuydirib olinadi. Haykaltaroshlik, tibbiyot va qurilishda ishlatiladi. O’zbekistonda Alebast olinadigan gips Farg’ona, Quvasoy, Sho’rsuv, Qamishboshi, So’x va boshqa joylardan … Read More

ALEATORIKA

ALEATORIKA (lotincha alea — tasodifiylik) — 20-asr ikkinchi yarmida Yevropa kompozitorlik ijodida dodekafoniyaning qat’iy qonun-qoidalariga qarshi yuzaga kelgan oqim. Uning zamirida tasodifiylik (masalan, muayyan notalarni ishlatish bo’yicha «qur’a»ga tayanish, soqqachalar … Read More

ALEATIKO

ALEATIKO, Aleatiko Pero, uva liatika— vinobop uzum navi. 1830 yilda Italiyadan Krimga, 19 — asrning 2-yarmida O’zbekistonga keltirilgan. O’rta Osiyoda keng tarqalgan. Tupi o’rtacha o’sadi. Bargi bir oz cho’ziq, arra … Read More

ALDARAZSOY

ALDARAZSOY — Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi soy. Karoqchitog’ning Janubiy-g’arbidagi adirlardan boshlanib, Janubga tomon oqadi. Yomg’ir va buloklardan suv oladi. Uzunligi 16,5 kilometr. Aldarazsoydan, asosan, Aldaraz qishlog’i suv ichadi.

ALDAR KO’SA

ALDAR KO’SA — turkiy xalqlar ertaklaridagi to’qima obraz. Aldar ko’sa qozoq, o’zbek, qirg’iz, qoraqalpoq, boshqird va boshqa xalqlar satirik ertaklarida hayotiy ko’lamda ta’riflanadi, tarixiy shaxs emas. Aldar ko’sa an’anaviy, qadimgi … Read More

ALDAN TOG’LIGI

ALDAN TOG’LIGI — Sharqiy Sibirdagi tog’lik, Saxa (Yakutiya)ning Janubda. Stanovoy tizmasidan shimolroqda, Olyokma va uchur daryolari oralig’ida, o’rtacha balandligi 800-1000 metr bo’lgan yassi qirlar ko’p, ularning orasidan balandligi 1400-2000 metr … Read More

ALDAN

ALDAN — Rossiya Federatsiyasi tarkibidagi Saxa (Yakutiya) Respublikasidagi daryo. Lenaning eng yirik o’ng irmog’i. Stanovoy tizmasining shimoliy yon bag’ridan boshlanadi. Yuqori oqimida Aldan yassitog’ligini kesib o’tib, Yakutskdan 160 kilometr quyida … Read More