ALAMDOR
ALAMDOR — harbiy safar yoki muhoraba chog’ida biror bo’linma, favj yoki qismning jangovar bayrog’ini ko’tarib yuruvchi, bayroqdor, yalovbardor. 16 — asrga mansub eski o’zbek tili obidalarida, jumladan «Boburnoma»da qayd etib … Read More

ALAMBARDOR MAQBARASI — Turkmanistondagi me’moriy yodgorlik (11-asr). Somoniylar sulolasidan Muntasir (1005 yil vafot etgan) dafn qilingan deb taxmin etiladi. Maqbara peshtoq gumbazli, bir xonali, murabba tarxli (10,35×10,35 metr), devorlari qalin, … Read More
ALAMA CHEKI — o’zbek milliy kashtachiligida ishlatiladigan bezak. Alam cheki takyapo’sh, oynaxaltalarga bosma usulida tikiladi.
ALAYHISSALOM (as) (Arabcha — unga salom bo’lsin) — Islomda payg’ambarlar nomi tilga olinganda aytiladigan duo. Bu duo barcha payg’ambarlar, jumladan Muhammad (sav) nomi tilga olinganda ham aytiladi. Ammo, mazkur duoning … Read More
ALAY (turkiy so’z) — eski o’zbek tilida qo’shinning old qatori, jabha (front). Turkiyada Alay polk ma’nosida ishlatilgan.