AKIF

AKIF (Akif) Mexmet (taxallusi; asl ismi Ersoy, Mulla surat ismi bilan ham tanilgan) (1873 — Istanbul — 1936.27.12) — turk shoiri, publitsist. 1925-35 yillarda Qohirada yashagan, turk adabiyotidan daryo bergan. … Read More

AKITA

AKITA — Yaponiyadagi shahar, Xonsyu orolining shimoli-g’arbida, Omono daryosi etagida; Akita prefekturasining ma’muriy markazi. Aholisi 304 ming (1991). Temir yo’l stantsiyasi; neft-kimyo, yog’ochsozlik, rangli metallurgiya, hunarmandchilik korxonalari bor. Ipak gazlamalar … Read More

AKINEZIYA

AKINEZIYA (Yunoncha a — inkor qo’shimchasi va kinesis — harakat) — faol harakatlar bo’lmasligi, ixtiyoriy harakatning qiyinlashuvi. Bosh miya po’stloq osti to’qimalarining yallig’lanishi, jarohatlanishi, tushkunlik holatlari, ayrim dorilarni suiiste’mol qilish … Read More

AKINAK

AKINAK (Yunoncha akinakes) — xanjar (40— 60 santimetr)]. Sak, skif va forslarda miloddan avvalgi 1 — ming yillik o’rtasi va 2-yarmida qo’l jangida sanchuvchi qurol sifatida ishlatilgan. Amudaryo xavzasidan topilgan … Read More

AKVITANIYA

AKVITANIYA — Frantsiyaning Janubi-g’arbidagi tarixiy viloyat. Qadimda — Rim provintsiyasi. O’rta asrlarda — gersoglik, 1137 yil frantsuz mulklariga qo’shib olingan, 1154 yil ingliz qirollari mulki. 13 — asrdan Gien deb … Read More

AKVINK

AKVINK — Rim imperiyasi davridagi (miloddan avvalgi 10 — milodiy 409) shahar, milodiy 107 yildan Rimning quyi Pannoniya provintsiyasi bosh shahri. Akvink xarobalari Budapesht (Vengriya) yaqinida joylashgan. 1775 yildan qazishma … Read More

AKVILEGIYA

AKVILEGIYA (lotincha Aquilegia — suvyig’ar) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub ko’p yillik o’tlar turkumi. Poyasi tik (25-70 santimetr), gullari uzun pixli ko’k, binafsha, qizil yoki och qizil; gulkosasi 5 bargli. Mevasi … Read More

AKVEDUK

AKVEDUK (lotincha aqua — suv va dico — eltaman), suv o’tkazgich-ko’prik — jar, dara, daryo, yo’l ustidan o’tkaziladigan nov yoki quvurdan iborat ko’priksimon, estakada ko’rinishidagi suv o’tkazuvchi inshoot. O’tkaziladigan joyning … Read More

AKVATROPIZM

AKVATROPIZM (lotincha aqua — suv, Yunoncha tropos — yo’nalish, harakat) — o’simlik yoki uning organlarining suvli muhitga intilishi. Masalan, ildizning nam tuproq tomonga o’sishi.