AYOLLAR QIZIQCHILIGI (TEATRI)

AYOLLAR QIZIQCHILIGI (TEATRI) — o’zbek xotin-qizlari orasida tarqalgan xalq og’zaki san’atining bir turi. 18— 19-asrlarda xotin-qizlar orasida keng tarqalgan. Masalan, 19-asrda Qo’qonda iqlim dodho degan san’atkor rahbarligida ayol qiziqchilar to’dasi … Read More

AYOLLAR KONSULTATSIYASI

AYOLLAR KONSULTATSIYASI — ayollar kasalliklarining oldini olish va davolash muassasasi. Unda ayollarga, ayniqsa, homiladorlikda, «chilla» davrida va turli ginekologik kasalliklarda malakali yordam ko’rsatiladi hamda tegishli maslahatlar beriladi. Ayollar konsultatsiyasining asosiy … Read More

AYOLLAR (AN’ANAVIY) ANSAMBLLARI

AYOLLAR (AN’ANAVIY) ANSAMBLLARI — xotin-qizlardan tashkil topgan ashula-raqs yoki ashula-cholg’u ansambllar; qadimdan o’zbek milliy musiqa ijrochiligi rivoji jarayonida yuzaga kelgan. Odatda 3-4 ayol xonanda, sozanda va raqqosalarni birlashtiradi. Repertuari o’zbek … Read More

AYOZKO’L

AYOZKO’L — Sulton Uvays tog’larining Sharqiy etagidagi ko’l. Ayoz qal’a balandligi (170 metr) va Ko’kcha balandligi (169 metr) oralig’ida. Mutlaq balandligi 91 metr. To’rtko’l va Ellikqal’a tumanlaridan qaytgan zovur suvlari … Read More

AYOZ QAL’A

AYOZ QAL’A — milodiy 2-4-asrlarga oid uchta qal’a xarobasidan iborat arxeologik yodgorliklar majmuasi. Qoraqalpog’iston Respublikasi Beruniy tumanida joylashgan. Ayoz qal’ani Xorazm arxeologiya etnografiya ekspedisiyasi topib (1937), unda arxeologik qazishmalar olib … Read More

AYOZ

AYOZ — turkiy xalqlar topishmoqli ertaklarida an’anaviy qahramon. Dono va tadbirkor. Oddiy xalq himoyachisi, sezgir va so’zamol, kishilar qalbiga yo’l topa biladigan kishi. Har bir so’zi, harakat va holati ta’limiy-didaktik … Read More

ADER

ADER — Sharqiy Antarktidadagi qoyadan iborat burun, Ader yarim orolida Viktoriya yerining shimoliy-Sharqiy chekkasi. 1841 yilda J. Ross boshliq ingliz ekspedisiyasi topgan va do’stining nomi bilan atagan. Ader yonida 1899 … Read More

AD’YUTANT

AD’YUTANT (lotincha adjutans — yordam beruvchi) — 1) boshliq (komandir, qo’mondon) huzurida turli topshiriqlarni bajaruvchi harbiy xizmatchi (zobit). 2) podsho Rossiyasi armiyasida shtab va boshqarmalarda harbiy devon mutasaddisi bo’lgan zobit … Read More

AD’YUSTAJ

AD’YUSTAJ (Fransuzcha ajuster — sozlash) (metallurgiyada) — prokat tsexlarida prokatlangandan so’ng metallni pardozlaydigan va ortishga tayyorlaydigan mashina hamda mexanizmlari bo’lgan uchastka.

AD’YUNKTURA

AD’YUNKTURA — oliy malakali harbiy ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar (fan nomzodi) tayyorlashning asosiy shakli. O’zbekistonda uzluksiz ta’lim tizimining tarkibiy qismi. Ad’yunktura Ichki ishlar Akademiyasi, Qurolli kuchlar Akademiyasi, harbiy ilmiy tadqiqot … Read More