ADRENOMIMETIK VOSITALAR

ADRENOMIMETIK VOSITALAR — adrenoreseptorlarni qo’zg’atuvchi moddalar; noradrenalin va adrenalin mediatorlari kabi ta’sir etadi. Ular qon bosimi tushib ketganda (mezaton), bronxial astmada (izadrin) va boshqa hollarda ishlatiladi.

ADRENOKORTIKOTROP GORMON

ADRENOKORTIKOTROP GORMON (AKTg), kortikotropin — gipomezning old bo’lagida ishlanib chiqadigan gormon. U 39 aminokislota keldig’idan tashkil topgan bitta polipeptid zanjiridan iborat. Adrenokortikotrop gormon buyrak usti bezining po’st qavatini stimullaydi, turli … Read More

ADRENOGENITAL SINDROM

ADRENOGENITAL SINDROM kortikosteroidlar biosintezi uchun zarur fermentlarning tug’ma nuqsoni oqibatida yuz beradigan klinik simptomlar majmui. Unga buyrak usti bezi po’st qavatining tug’ma virilizatsiyalovchi giperplaziyasi sabab buladi. Adrenogenital sindromning virilizasiyalovchi xilida … Read More

ADRENALIN

ADRENALIN (lotincha ad — yonida va renalis — buyrakka oid), epinefrin, suprarenin va unga yaqin turadigan birikma noradrenalin —voyaga yetgan sut emizuvchi hayvonlar buyrak usti bezi mag’iz qavatining asosiy gormoni … Read More

ADRAS

ADRAS — tanda ipi tabiiy ipakdan, arqog’i qalin ipdan to’qilgan gazlama. Guli ikki tomonlama bo’lganligi uchun ayrim joylarda duro’ya deb ataladi. Arqoq ipi yo’g’onroq bo’lganligi uchun gazlama yuzasida ko’ndalang chiviqlar … Read More

ADONIS

ADONIS (Adonis) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub o’tlar turkumi. 20 ga yaqin bir yillik va ko’p yillik turlari bor. O’rta Osiyo, Sibir va Yevropa tog’larida o’sadi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo … Read More

ADOLESKARIY

ADOLESKARIY (yangi lotincha adolescaria, lotincha adolesco — o’saman, yiriklashaman) — ayrim so’rg’ichli yassi chuvalchanglar, masalan, jigar qurtining so’nggi lichinkali davri. Adooraliq xo’jayin (mollyuska) tanasidan suvga chiqadigan suv o’tlari, suv buyida … Read More

ADOLAT

ADOLAT — ijtimoiy-falsafiy, axloqiy va huquqiy tushuncha. Kishilar ijtimoiy-siyosiy ongida katta rol o’ynaydi. Muayyan ijtimoiy guruhlar va ayrim shaxslarning tushunchalarini o’zida aks ettiradi. Siyosiy xatti-harakatlar, huquq va burch me’yorlari, axloqiy … Read More

ADOYI

ADOYI — kuy; uch qismdan iborat o’zbek mumtoz cholg’u kuylar turkumi. Odatda Miskin 1-2 kuylariga ulangan holda besh qismli katta turkumni hosil qiladi. Adoyining birinchi qismi — Chapandoz, ikkinchisi — … Read More

ADNO

ADNO (Arabcha — eng past) — 1) 19— 20-asr boshlarida Xiva xonligida 5 tanobgacha yeri bo’lgan pastki tabaqadagi dehqonlar. Xonlikda 8404 Adno xo’jaligi bo’lib, ularga qarashli yerlar 21 ming tanobni … Read More