ADIABATIK JARAYON

ADIABATIK JARAYON (Yunoncha Adiabatos — o’tib bo’lmas) — tashqi muhit bilan issiqlik almashinuvisiz o’tadigan termodinamik jarayon. Adiabatik jarayon o’tishi uchun jism butunlay issiqlik o’tkazmaydigan qatlam (chegara) bilan ajratilgan bo’lishi kerak. … Read More

ADIABATA

ADIABATA (Yunoncha adiabatos — o’tib bo’lmas) — termodinamik diagrammada qaytar adiabatik jarayonni ifodalovchi egri chiziq.

ADENTIYA

ADENTIYA (Yunoncha a— inkor qo’shimchasi va lotincha dens — tish) — embrionlik davrida tish o’rni shakllanishining buzilishi natijasida og’izda tishlarning bo’lmasligi. Tug’ma, orttirilgan (shikastlanish yoki kasallik tufayli) va irsiy Adentiya … Read More

ADENOMIOMA

ADENOMIOMA — epiteliy va muskul to’qimalaridan iborat xavfsiz o’sma. Ko’pincha ayollarning jinsiy a’zolarida uchraydi.

ADENOMA

ADENOMA (Yunoncha aden — bez va ota — o’sma) — bezlarning xavfsiz o’sma kasalligi. Adenoma ko’pincha sut bezi, qalqonsmon bezlar, tuxumdon, me’da-ichak yo’llarining shilliq pardasi, jigar, buyrak va buyrak usti … Read More

ADENOIDLAR

ADENOIDLAR (Yunoncha aden — bez va eidos — o’xshash) — burun-halqum, asosan, murtak limfa tugunlarining o’sib qalinlashishi. Ko’pincha bolalarda uchraydi. Adenoidlar oqibatida surunkali tumov, dimog’ bilan gapirish, tinch uxlay olmaslik, … Read More

ADENOZINTRIFOSFAT KISLOTA, ATF

ADENOZINTRIFOSFAT KISLOTA, ATF — adenin, riboza va uch molekula fosfat kislotadan tarkib topgan organik modda. Adenozintrifosfat kislota organizm xujayralarida doimo sintezlanib va iste’mol qilinib turadi. Adenozintrifosfat kislota o’zining pirofosfat bog’larida … Read More

ADENOZIN

ADENOZIN (Adenosinum), Cl0H35N5O4 — adenin va riboza uglevodidan tashkil topgan nukleozid. Rangsiz kristall modda. Molekulyar modda 267,1. Suyuqlanish temperaturasi 229°. Suvda yaxshi eriydi, organik erituvchilarda erimaydi. Adenozin kuchsiz ishqoriy xossaga … Read More

ADENOVIRUSLAR

ADENOVIRUSLAR (Yunoncha aden – bez va viruspar) — tarkibida DNK gruppasi bo’lgan, odam va hayvonlarda adenovirus kasalliklarini qo’zg’atuvchi viruslar. Ular nafas yo’llaridagi bez (adenoid) to’qimalarida yashab, o’tkir katar, kon’yunktivit, enterokolit, … Read More