ARKANZAS

ARKANZAS — AQShdagi daryo, Missisipi daryosining o’ng irmog’i. Uzunligi 2410 kilometr, havzasining maydoni 416 ming kilometr kvadrat. Qoyali tog’lardan boshlanib, Buyuk va Markaziy tekisliklardan o’tadi. Bahorda to’lib oqadi, ba’zan toshadi, … Read More

ARKA USTUNI

ARKA USTUNI — tog’jinslarini ko’tarib turadigan tayanch; asosan, arka (ravoq) sxemasida yoki bir-biriga birlashtirilgan arkalar yig’indisi ko’rinishida yasaladi. Konlarda yer osti yo’laklarini mustahkamlash uchun qo’llaniladi. Arka ustuni temir-beton va maxsus … Read More

ARK

ARK — O’rta Osiyo ko’hna shaharlaridagi hukmdorlar qarorgohi joylashgan qal’aband O’rda. Yozma tarixiy manbalarda ko’handiz, diz, koh, qasr, qal’a, Hisor nomlari bilan ham tilga olinadi. Tabiiy baland tepa yoki maxsus … Read More

ARYANA VEJA

ARYANA VEJA — Xorazmning Avestodagi qadimiy nomi. Zardushtiyliknit muqaddas olovi — «Azarxo’rro» birinchi marta yoqilgan yurt.

ARIQCHA

ARIQCHA — yog’och o’ymakorligida qo’llanadigan naqsh; o’yma yo’l, chiziq. U pardoz qalam bilan yog’och sirtiga nafis o’yiladi. Ganchkorlikda Ariqcha choka pardoz deb yuritiladi.

ARIQ QAZIGICH

ARIQ QAZIGICH, zovur qazigich — muvaqqat ariq, o’q ariq va zovur qazishga mo’ljallangan mashina. Shatakka olinadigan (km-1400 M), tirkama (MK-13) va o’rnatma (D-716, KFM-1200 A) xillari bor; 20 santimetrdan 1,2 … Read More

ARIQ OQSOQSHI

ARIQ OQSOQSHI – Turkistonda 19-asrning 2-yarmida daryodan boshlangan bosh ariqlarni boshqaruvchi mirob. Ariq oqsoqshi qo’l ostidagi ariqlar bir nechta tumanlarni sug’organ. U shu ariqlarni nazorat qilib turish va dehqonlarni suv … Read More

ARIQ

ARIQ (ayiriq so’zidan) — sug’orish shoxobchalarining Turkistonda ishlatiladigan mahalliy nomi. Qadimdan har bir Ariq sug’oriladigan voha, kesib o’tadigan maydon, shahar, qishloqlar yoki uni ochgan kishi nomi bilan atalgan. Katta Ariq … Read More

ARIYA

ARIYA (italyancha aria) —opera, oratoriya yoki kantatapat tugallangan lavha. Odatda orkestr jo’rligida xonanda tomonidan ijro etiladi. Opera dramaturgiyasida dramadagi monologga teng keladi. Qo’shiq va romansga nisbatan birmuncha murakkab, ko’p qismdan … Read More

ARIEL

ARIEL — uran sayyorasining yo’ldoshi, diametri 600 kilometrga yaqin. Sayyoradan uzoqligi 191800 kilometr. Arielning orbita tekisligi uran orbita tekisligiga deyarli tik, uning atrofini 2,5 sutkada bir marta aylanib chiqadi.