Bo’taqora
Bo’taqora-bo’tadek chiroyli, qoracha qiz yoki bo’taqora urug’iga mansub qiz
Bo’taqora-bo’tadek chiroyli, qoracha qiz yoki bo’taqora urug’iga mansub qiz
Bo’tako’z-ko’zlari katta va qora ko’zli qiz, bo’tako’z gulidek go’zal qiz
Bo’ta-aynan: bo’taloq suyukli yoki erkatoy bola. Shakllari: Bo’taboy, Bo’tayor, Bo’taqul
Bo’ston-umri bo’ston (guliston)dek ko’rkam vaa obod bo’lsin, bo’stondek yashnab o’ssin yoki bo’ston urug’iga mansub bola
Bo’ron-bo’ron payti tug’ilgan o’g’il yoki bo’ronboy urug’iga mansub bola. Shakllari: Bo’ronboy, Bo’ronqul, Bo’ronoy
Bo’ri-qadimiy odatga ko’ra sog’ bo’lsin, mahkam bo’lsin deb bo’rining jaridan (terisidan) o’tkazib olingan bola yoki tish bilan tug’ilgan bola. Shakllari: Bo’riboy, Bo’rijon, Bo’ribek, Bo’ritoy, Bo’riqul.
Bushro-xushxabar, suyunchi xabar, bashorat.
Buhlul-sayyid, janob; barcha yaxshiliklarni o’zida jamlagan; tabassum qiluvchi, xursand bo’luvchi
Buxoriddin-aynan: dinning Buxorosi, ya’ni din shahri, din shahri Buxoroda tug’ilgan bola
Burhoniddin-Islom Dinining inkor qilib bo’lmas dalili, hujjatli yoki din qo’riqchisi, dinni dalillovchi. O’rta asr hukmdorlari o’zlarini Burhoniddin-dinning himoyachisi, dinni asrovchi deb yuritishgan va bu so’z ularning faxriy unvoni bo’lgan