Barmoq (o’q)
Barmoq (o’q) – turli maqsadlar uchun mashinalar va mexanizmlar ayrim qismlarining qisman harakatlanishi uchun mo’ljallangan moslama. Masalan: oshiq-moshiq o’qi.
Barmoq (o’q) – turli maqsadlar uchun mashinalar va mexanizmlar ayrim qismlarining qisman harakatlanishi uchun mo’ljallangan moslama. Masalan: oshiq-moshiq o’qi.
Barit – mineral, bariy sulfati. Sanoatning bo’yoq, rezina, tsement, shisha, keramika va boshqa ishlab chiqarish tarmoqlarida inert to’ldiruvchi sifatida kukun ko’rinishida qo’llaniladi.
Barelyef (bo’rtma naqsh) – tasvir devordan yarimdan kamroq bo’rtib chiqib turuvchi tekislikdagi haykalli bezak.
Barg – 1) o’simlik bargi; 2) o’simlik bargaining badiiy ifodasi, naqsh kompozitsiyasida asosiy tashkil etuvchi qismlardan biri.
Bargak – mayda barg, marjon barg.
Baraban (chambarak) – 1) mexanizm qismi; 2) gumbaz ostidagi g’o’la shaklli qurilma, bino qismi, poygumbaz; binoning yuqorida tugallanish qismi, gumbaz tayanadigan tsilindr yoki ko’poyoqlilik. Masalan: qo’sh konus shaklidagi baraban, aylanuvchi … Read More
Bar – 1) qadimda: xona (buyum) eni, kengligi; 2) asosan: kichkina restoran, mayxona; 3) dengizda: qumloq, sayozlik daryo etagida, dengiz chetida); 4) fizikada: atmosfera bosimi o’lchov birligi.
Banno (boni, boniy) – Qadimda: me’mor, binokor usta.
Banketlar (gruntli yoki shag’alli ko’tarma) – poydevorning tayanch maydonini (yuzasini) va taglik (poydevor yostig’i) bilan bikir holatda birikishini oshirish maqsadida poydevor perimetri bo’ylab temir-betondan quriladigan halqalar. Ular rekonstruksiya va poydevorlarni … Read More