Huquq ob’yekti

Huquq ob’yekti — huquqiy munosabatda ishtirok etayotgan sub’yektlarning diqqat-e’tibori, manfaati, xatti-harakati qaratilgan tayin ne’mat, narsa, jarayonlar. Masalan, uy-joy oldi-sotdi shartnomaviy munosabatining ob’yektini uy-joy tashkil etadi; odam joniga qasd qilish jinoyatining … Read More

Huquq layoqati

Huquq layoqati — huquqiy munosabat ishtirokchilarining ma’lum huquqlarga ega bo’lish va shunga yarasha majburiyat (burch) ola bilish layoqati. Fuqarolik huquq va burchlariga ega bo’lish fuqarolik Huquq layoqati demakdir. Barcha fuqarolar, … Read More

Huquq

Huquq — davlat tomonidan belgilangan yoki tasdiqlangan umumiy majburiy ijtimoiy normalar tizimi. U huquqiy munosabatlar va fuqaroning davlat tomonidan mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza etiladigan asosiy huquqlarini o’z ichiga oladi. Huquq … Read More

Habibiy

Habibiy (taxallusi; asl nomi Zokirjon Xolmuhammad o’g’li) (1890, Paxtaobod tumani Qo’qon qishlog’i — 1980.16.4, Toshkent) — O’zbekiston xalq shoiri (1974). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi (1970). Qo’qon va Andijondagi madrasalarda … Read More

Huquqshunoslik, yurisprudentsiya

Huquqshunoslik, yurisprudentsiya — huquqiy ijtimoiy normalarning alohida tizimi sifatida, huquqning alohida tarmoqlarini, davlat va huquq tarixini, davlat va umuman siyosiy tizimning faoliyatini o’rganuvchi fan. Huquqshunoslik — eng qadimgi ijtimoiy fanlardan … Read More

Huquqni muhofaza qilish organlari

Huquqni muhofaza qilish organlari — qonuniylik va huquq-tartibotni muhofaza qilish, inson huquqlari va erkinliklarini himoyalash, jinoyatchilik va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi kurash bilan shug’ullanuvchi idoralar. O’zbekistonda ularning faoliyati tegishli qonunlar asosida … Read More

Huquqiy ong

Huquqiy ong — ijtimoiy ong shakli; jamiyat a’zolarining mavjud huquqiy munosabatlar va huquqni tushunishi, huquq-tartibot haqidagi tasavvurida o’z aksini topadi. Huquqiy ong nafaqat amaldagi huquq, balki uning tarixi, shuningdek boshqa … Read More

Huquqiy munosabatlar

Huquqiy munosabatlar -huquq normalari bilan tartibga solinadigan ijtimoiy munosabatlar. Bunday munosabatlar ishtirokchilari tegishli yuridik huquq va majburiyatlarga ega bo’ladilar. Masalan, ishga kirish bilan bog’liq huquqiy munosabatda ishga qabul qilingan xodimda … Read More

Huquqiy yordam

Huquqiy yordam — fuqarolarning huquq va erkinliklarini amalga oshirishga, tashkilotlarning faoliyatida qonuniylikni ta’minlashga ko’maklashish. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 116-moddasida tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish … Read More

Huquq manbalari

Huquq manbalari — huquqiy normalarning ifoda etilish shakllari. Huquqning birlamchi manbai xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalari va qoidalari hisoblanadi. Bularga BMT Ustavi, inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi (1948) va boshqalar kiradi. … Read More