IZOTERMIK JARAYON

IZOTERMIK JARAYON (izo… va Yunoncha therme — issiqlik) — o’zgarmas temperaturada fizik sistemada ro’y beradigan fizik yoki kimyoviy jarayon. Masalan, o’zgarmas bosimda suyuqlikning qaynashi, qattiq jismning erishi va boshqalar. Qaytar … Read More

IZOPRENOIDLAR

IZOPRENOIDLAR — izoprenning polimerlanishi, tsiklizasiyalanishi, oksidlanishi natijasida hosil bo’ladigan mahsulotlar. Izoprenoidlar organizmlarda mevalon kislotadan biosintezlanish natijasida hosil bo’ladi. Izoprenoidlarga terpenlar va ularning hosilalari, sterinlar, steroidlar, tabiiy kauchuk, karotinoidlar, ksantofillar (gormonal … Read More

IZOMETRIK TUZILISH

IZOMETRIK TUZILISH — magmatik va cho’kindi jinslarga, ba’zan, rudalarga xos tuzilish. Izometrik tuzilishni tashkil etuvchi mineral donachalari yumaloq bo’lib, uzunligi va eni bir-biriga yaqin. Izometrik tuzilish magmatik va cho’kindi jinslarda … Read More

IZOGIETALAR

IZOGIETALAR (izo… va Yunoncha hunsos — yomg’ir) — sutka, oy, yil uchun yog’in miqdori izochiziqlari yoki oy yoxud yil uchun oy yoki yillik o’rtacha ko’p-yillik yog’in miqdori.

IZOBARA

IZOBARA (izo… va Yunoncha baros — vazn, og’irlik) — sistemadagi izobarik jarayoni termodinamik holat diagrammasida ifodalaydigan chiziq.

IJORLAR

IJORLAR (o’zlarini izuri deb ataydilar) — xalq. Rossiya Federatsiyasida (Leningrad viloyatida 449 kishi, 1990- yillar o’rtalari), Estoniyada (306 kishi) yashaydilar. Ijor tilida so’zlashadilar. Dindorlari — pravoslavlar. Yevropeoid irqiga mansub.

IJOR YERI

IJOR YERI (ijora) — 12-18-asrlarda ijorlar yashagan Neva qirg’oqlari va Ladoga ko’lining Janubi-g’arbidagi (hozirgi Leningrad viloyatining bir qismi) hududning tarixiy nomi. 1228 yildan Ulug Novgorod mulki, 1478 yildan Rossiya davlati … Read More

«IJOD DUNYOSI» NASHRIYOTI UYI

«IJOD DUNYOSI» NASHRIYOTI UYI — nashriyot. 2000 yil 13 yanvarda Toshkent shahrida tashkil etilgan. O’zbekiston Respublikasi matbuot va axborot agentligi boshqaruviga qaraydi. «Gulxan», «G’uncha», «klass», «tong yulduzi», «Sog’lom avlod», «Zerkalo … Read More